Vafot etganlar chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatgan — DXX

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.AK-47 "Kalashnikov" avtomati
AK-47 Kalashnikov avtomati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Farg‘onada chegara oldi hududida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan DXX Chegara qo‘shinlari rasmiy bayonot berdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Farg‘ona tumani chegara oldi hududida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Chegara qo‘shinlari rasmiy bayonot berdi.
Unda aytilishiga ko‘ra, 16-oktabrga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumani “Vodil” aholi punktida xizmat vazifasini o‘tayotgan chegarachilar “Bo‘ston” mahallasi hududidan harakatlanib borayotgan avtomotransport vositasini to‘xtatib tekshirishgan va uning salonida tovar-moddiy boyliklar borligi aniqlangan.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida Chegara qo‘shinlari bo‘linmasiga borish taklif etilganida, fuqarolar A.M. va O.Yu. hamda o‘sha yerda yig‘ilgan ularning o‘nga yaqin sheriklari chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatgan, ularga nisbatan kuch ishlatgan.
Kuchlar teng bo‘lmagani sababli chegarachilar ogohlantiruvchi o‘q uzgan, lekin fuqarolar g‘ayriqonuniy hatti-harakatlarini davom ettirganlar.

"Ogohlantirishdan to‘g‘ri xulosa qilmay, harbiy xizmatchilarga faol qarshilik ko‘rsatishda davom etgan fuqarolarning ikki nafari qurol qo‘llanilishi natijasida voqea joyida vafot etgan", - deyiladi xabarda.

Ayni damda mazkur holat bo‘yicha tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0