Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Xitoy hamkorligidan umidlar katta — Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishIntervyu prezidenta RF V. Putina Mediakorporatsii Kitaya.
Intervyu prezidenta RF V. Putina Mediakorporatsii Kitaya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti YeOII va Si Szinpinning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi doirasidagi hamkorlikdan umidlar katta ekanini ta’kidlab o‘tdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vazirlar Mahkamasining YeOII va Xitoy o‘rtasidagi “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi hamkorlik bo‘yicha takliflari bilan tanishganini va ushbu yo‘nalishda katta umidlar borligini aytdi.
© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishV.Putin Xitoy Mediakorporatsiyasiga intervyu bermoqda
Intervyu prezidenta RF V. Putina Mediakorporatsii Kitaya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
V.Putin Xitoy Mediakorporatsiyasiga intervyu bermoqda
"Bizda qo‘shma loyihalar bor. Bu haqda gapirishga hali erta, lekin ishonchim komilki, shartnomalar imzolanadi, iqtisodiy ishtirokchilar, hukumat rahbarlari, bevosita ishlayotgan turli vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rtasida yangi aloqalar yo‘lga qo‘yiladi. " - dedi u China Media korporatsiyasiga bergan intervyusida.
Putin hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘nlab yillarga mo‘ljalangan loyhalar borligini ta’kidladi.
"Men Rossiya hukumatining turli sohalardagi takliflari bilan tanishdim. Ular bir nechta varaqlarda yozilgan va har bir loyiha uzoq muddatga mo‘ljallangan, ehtimol, o‘nlab yillar davom etadi. Shuning uchun men hamkasblarimning umidlari katta”, — dedi Rossiya prezidenti.
Suhbat davomida Rossiya prezidenti YeOII rivojlanish yo‘nalishlari XXRning "Bir kamar, bir yo‘l" doirasidagi g‘oyalari bilan mos kelishini ham yana bir bor ta’kidladi.
“Bizning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqini rivojlantirish, masalan, Katta Yevroosiyo qurilishi haqidagi g‘oyalarimiz taklif etilayotgan “Bir kamar, bir yo‘l” hamkorligi doirasidagi Xitoy g‘oyalari bilan to‘liq mos keladi”, dedi Putin.
Rossiya prezidenti XXR raisi Si Szinpinning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusini muvaffaqiyatli va ilg‘or deb atadi.
“Bugungi kunda u yoki bu tarzda rais Si Szinpinning g‘oyalarini amalga oshirishda qancha davlat ishtirok etayotganini bilasizmi? — 147 davlat, bu dunyo aholisining uchdan ikki qismi degani. Menimcha, bu allaqachon muvaffaqiyat qozongan, yaxshi rivojlanayotgan hamda texnologik jihatdan to‘g‘ri va ilg‘or tashabbus”, - dedi Putin.
Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bilan hamkorlik natijasida YeOII mamlakatlari 24 milliard dollar sarmoya olgan. Shuning uchun bunday uyushmalar biznes, iqtisodiyot va savdo aylanmasini oshirish uchun foydalidir.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin bir necha kund oldin, Valday ekspertlar klubi doirasidagi nutqida ham YeOII va Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi bu bir-biriga zid yoki raqobat qiluvchi loyhalar emasligini, aksincha, ular bir birini to‘ldirishini aytib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0