"Bizning iqtisod qulamoqda": Yevropa Rossiyaning muvaffaqiyatlaridan g‘azabda

© AP Photo / Virginia MayoPrezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen. Arxivnoe foto
Prezident Yevropeyskoy komissii Ursula fon der Lyayen. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning ishlab chiqarish sektoridagi ishbilarmonlik faolligi ketma-ket yettinchi oy davomida o‘sib bormoqda
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. BMT prognoziga ko‘ra, bu yil Rossiya ijobiy iqtisodiy dinamikaga ega bo‘lgan G20 davlatlaridan biriga aylanadi. Yevropada esa umidsizlik: YeI "lokomotivlari" retsessiyada, asosiy iqtisodiy indekslar minimal darajaga tushdi. Fransiya iqtisodiyotning qulashini e’lon qildi va Germaniya esa YeIning "eng zaif bo‘g‘ini" deb nomlandi.

Maksimal balandlik

S&P Global ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ishlab chiqarish indeksi (PMI) 54,5 ni tashkil qildi. Avgust oyida u 52,7 edi. Ushbu indeks 50 dan ortiq bo‘lsa — demak mamlakata sanoat mustahkamlanadi, pastda zaiflashadi. Rossiyada yettinchi oy ketma-ket o‘sish kuzatilmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra bu ko‘p jihatdan ichki talab bilan bog‘liq. Real sektor bandligi 23-yil ichida eng tez sur’atlar bilan o‘smoqda. S&P Global ham ish sharoitlarining keskin yaxshilanishini qayd etdi.
Bu dinamika tashqi cheklovlarga ishonchli moslashish natijasidir, jarayon kutilganidan tezroq ketmoqda. Ishlab chiqarish, qurilish, ulgurji va chakana savdo kengaymoqda.

Maksimal yuklanmoqda

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida ishlab chiqarish yillik ko‘rsatkichda 5,4 foizga oshdi. Aprel-may oylaridan beri sanoat 2020-yil darajasining 110 foizida saqlanib qoldi.
Rossiya banki xabariga ko‘ra, ikkinchi chorakda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 81 foizga yetdi - bu tarixiy maksimaldir. Avvalgi rekord birinchi chorakda 80,3 ni tashkil etgan edi. Eng yaxshi ko‘rsatkichlar tog‘-kon sanoati (82,6), ishlab chiqarish (75,6) va qurilish (77,7) korxonalarida.
Zavodlar “ichki talabga qayta e’tibor qaratish va import o‘rnini bosish dasturlarini faollashtirish sharoitida” o‘z aylanmasini oshirmoqda va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilmoqda, deya izoh berdi Markaziy bank. Shu sababli ham investitsiya faolligi oshdi.
Yegor Gaydar nomidagi Iqtisodiy siyosat institutida (IEP) ham rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi. Ikki chorak yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha yuklama 76,7 foizni tashkil etadi (o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 76,5 edi). Oldinda qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish - 83,6, to‘qimachilik va tikuvchilik - 81,5 sohalari.

Import o‘rnini bosish

Birinchi yarim yillikda kompyuterlar, elektron va optika mahsulotlari ishlab chiqarish 71,6 foizga, avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalar ishlab chiqarish 51,7, tayyor metall mahsulotlari 45,8, mebel jihozlari 34,3, elektr jihozlari 32,1, kiyim-kechak ishlab chiqarish hajmi 44 foizga oshdi.
G‘arb brendlarining ketishi yengil sanoatga yaxshi turtki berdi. Gigiyena vositalari va kosmetika, kiyim-kechak, oziq-ovqat va hayvonlar uchun ozuqa ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining ish faoliyatini yaxshiladilar.
Logistika va yuk tashish rivojlanmoqda. Chet ellik neft treyderlari ikkilamchi sanksiyalardan qo‘rqib, Rossiya neftini tashishdan bosh tortganlaridan so‘ng yuk tashish kompaniyalarining buyurtmalari sezilarli darajada oshdi.

Kuchli tushish

Yevropada esa vaziyat boshqacha. Buyuk Britaniyada PMI sentabr oyida 46,8 ga tushdi (avgust oyida 48,6). Bu coyuub ikki yarim yilda eng past ko‘rsatgich. Xizmat ko‘rsatish sohasi zaiflashdi, ishlab chiqarish qisqardi.
Iqtisodiy faollik pasaymoqda, "Retsessiya ehtimoli ortib bormoqda", YaIM 0,4 foiz yo‘qotdi va pasayish faqat kuchaymoqda, deb xulosa qildi S&P Global.
Germaniyada Munxen universiteti qoshidagi Iqtisodiy tadqiqotlar instituti hisobotiga ko‘ra, indeks aprel oyidan beri pasaymoqda. Qurilish sohasida - 2009-yil yanvaridan beri minimal. Kompaniyalar biznesdagi vaziyat yomonlashganini tan olishadi. Va kayfiyatlar juda pessimistik.
Germaniya iqtisodiyoti retsessiyada. Birinchi chorakda YaIM 2022-yilning to‘rtinchi choragiga nisbatan 0,3 foizga kamaydi (o‘shanda u ham minus 0,5 edi).
Katta ehtimol bilan, uchinchi chorakda hech narsa yaxshi tomonga o‘zgarmaydi, chunki sanoat o‘smaydi va xususiy iste’mol unchalik ta’sir qilmaydi, dedi Bundesbank sentabr oyidagi iqtisodiy hisobotida.

Britaniyaning "The Telegraph" nashri ta’kidlaganidek, Germaniya Yevropa Ittifoqining "eng zaif bo‘g‘ini"ga aylandi. Butun yevrohudud uchun indikator 43,4 ballni tashkil etadi. Qulashning sabablari energiya narxining oshishi, inflyatsiyaning keskin o‘sishi va YeI MB foiz stavkalari.

Fransiya esa iqtisod "qulashi" sodir bo‘lgani va buning uchun Yevropa Ittifoqi aybdor ekani aytilmoqda. . "Patriotlar" partiyasi rahbari Florian Filippotning eslashicha, yaqinda moliya vaziri Bruno Le Maire "Rossiya iqtisodiyoti qulashini va’da qilgan", biroq buning o‘rniga fransuz iqtisodiyoti qulab tushgan.
"Rossiyada 2023-yilda yalpi ichki mahsulot 1,5 foizga, yevrozonada esa 0,8 foizga oshadi", - deya norozi bo‘ldi siyosatchi.

O‘sish tezlashadi

Sentabr oyida xalqaro tahlili institutlari Rossiya bo‘yicha prognozlarini yana o‘zgartirdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESER) hisobotida 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 0,8 foiz, 2024-yilda esa 0,9 foiz bo‘lishini bashorat qilmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) bu yil o‘z hisob-kitoblarini uch marta o‘zgartirdi: yanvar oyida ular 0,3 foiz o‘sadi deb hisoblashgan bo‘lsa, hozir bu bir yarim foizni tashkil etadi. 2024-yilda - 1,3%.
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, 2023-yilda Rossiya iqtisodiy rivojlanishi tezlashadigan G20 davlatlaridan biriga aylanadi. Bu haqda Savdo va taraqqiyot konferensiyasida (YuNKTAD) ma’lum qilindi.
Asosiy xalqaro tashkilot tahlilchilari joriy yilda Rossiya yalpi ichki mahsuloti 2,2 foizga, kelasi yilda esa ikki foizga o‘sishini bashorat qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0