Toshkentda mashhur “Lezginka” raqs ansambli chiqish qildi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda “Rossiya fasllari” Kavkaz xalqlarining raqslarini namoyish etdi.
“Turkiston” san’at saroyida Dog‘istonning “Lezginka” davlat akademik raqs ansambli chiqish qildi. San’atkorlar “Lezginka”, “Tog‘ raqsi”, “Qumik suitasi” va “Kavkaz ritmlari” shuningdek, avar qizining “Quvnoq qizlar” raqsini ijro etishdi.
Ansamblning badiiy rahbari, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Jambulat Magomedovning “Dunyo raqs orqali” xoreografik dasturida Rossiyaning rang-barang madaniyati aks etgan.
Bir kun oldin u Samarqandda “Rossiya fasllari” doirasida taqdim etilgan edi.
“Lezginki” jamoasi dunyoning 75 davlatida gastrol safarlarida bo‘lib, professional guruhlar o‘rtasida jahonga mashhur 52 ta folklor raqs festivallarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0