https://oz.sputniknews.uz/20231015/ozbekiston-va-baa-ortasidagi-aviaqatnovlar-39974779.html
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish masalasi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi mavjud aviaqatnovlar sonini oshirish, berilgan so‘rovlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish hamda kelgusida o‘zaro manfaatli qatnovlarni hududiy aeroportlarga ham yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
2023-10-15T11:42+0500
2023-10-15T11:42+0500
2023-10-15T11:56+0500
o‘zbekiston
baa
abu-dabi
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0f/39974617_0:48:703:443_1920x0_80_0_0_4dc1ac450be02b22f312a9bbc0ec2fb2.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov Abu-Dabida BAA Fuqaro aviatsiyasi bosh idorasi direktori Saif Muhammad Al Suvaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.Saif Muhammad Al Suvaydiy ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar mavsumiylikdan kelib chiqib, 2023-yilda 46 tagacha yetganini ma’lum qildi. U, shuningdek, Amirliklar tomoni parvozlar sonini yanada oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.Bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘nggida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar sonini oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, elchixona ko‘magida tegishli kompaniya va tashkilotlar bilan maslahatlashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.
o‘zbekiston
baa
abu-dabi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0f/39974617_13:0:665:489_1920x0_80_0_0_ec245e87cc36ae3796505fea99d48c9f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va baa o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish masalasi muhokama qilindi
o‘zbekiston va baa o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish masalasi muhokama qilindi
11:42 15.10.2023 (yangilandi: 11:56 15.10.2023) Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi mavjud aviaqatnovlar sonini oshirish, berilgan so‘rovlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish hamda kelgusida o‘zaro manfaatli qatnovlarni hududiy aeroportlarga ham yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov Abu-Dabida BAA Fuqaro aviatsiyasi bosh idorasi direktori Saif Muhammad Al Suvaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi mavjud aviaqatnovlar sonini oshirish, berilgan so‘rovlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish hamda kelgusida o‘zaro manfaatli qatnovlarni hududiy aeroportlarga ham yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Saif Muhammad Al Suvaydiy ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar mavsumiylikdan kelib chiqib, 2023-yilda 46 tagacha yetganini ma’lum qildi. U, shuningdek, Amirliklar tomoni parvozlar sonini yanada oshirishdan manfaatdorligini bildirdi.
O‘zbekiston diplomatlari, o‘z navbatida, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan sayyohlik sohasidagi o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumot berishdi. Toshkent shahri bilan bir qatorda Samarqand, Buxoro, Urganch va Namangan shaharlariga yangi parvozlarni yo‘lga qo‘yish va mavjudlari sonini oshirish, BAA aviakompaniyalari nafaqat Amirliklardan, balki Yaqin Sharq davlatlaridan sayyohlarni tashishda ko‘prik vazifasini bajarishi mumkinligi qayd etildi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘nggida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar sonini oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, elchixona ko‘magida tegishli kompaniya va tashkilotlar bilan maslahatlashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.