https://oz.sputniknews.uz/20231015/mirziyoev-chilonzorda-ishga-tushirilgan-kogeneratsiya-inshootini-borib-kordi-39970075.html
Mirziyoyev Chilonzorda ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini borib ko‘rdi — foto
Mirziyoyev Chilonzorda ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini borib ko‘rdi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Shu yerda Toshkent shahri va tegishli sohalar mutasaddilari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berdi.
2023-10-15T09:29+0500
2023-10-15T09:29+0500
2023-10-15T09:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
shavkat mirziyoyev
chilonzor tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0f/39970303_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0421b1c728e16dd8b81b56eed653c8e8.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 14-oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.O‘tgan qishdagi anomal sovuqda issiqlik ta’minotida uzilishlar ro‘y berdi. Chilonzor tumanining Oqtepa va Bog‘zor mahallalari vaziyat murakkab bo‘lgan hududlardan edi. Bu yerda 50 ta ko‘p qavatli uy, 7 ta ijtimoiy muassasa va o‘nlab tadbirkorlik shoxobchalari bor.Turkiyaning "Iltekno" kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihaga Germaniyadan gaz-porshenlar hamda “Bosch” qozonlari keltirib o‘rnatildi. Shuningdek, qozonxonadan iste’molchilargacha bo‘lgan barcha issiqlik ta’minoti infratuzilmasi rekonstruksiya qilindi. Issiqlik magistrali almashtirildi, har bir turar joy binosi va ijtimoiy obyektlarda alohida issiqlik taqsimlash punktlari o‘rnatildi.Jami 13 ming metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini yangi, izolyatsiyali quvurlarga almashtirish hisobiga to‘liq yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.Loyihaning yana bir samarali jihati - issiqlik taqsimlash punktlari maxsus datchiklar bilan jihozlangan. Havo sovib yoki isib ketishiga qarab, uy ichidagi harorat mo‘’tadil saqlab turiladi.Shu yerda Toshkent shahri va tegishli sohalar mutasaddilari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berdi. Davlat rahbari energetika, kommunal, qurilish va servis kompaniyalari kabi barcha vositalarni safarbar qilib, ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, energiya va issiqlik ta’minotini barqaror qilish, bu borada xalq nazoratini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
o‘zbekiston
chilonzor tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0f/39970303_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a4915122a1a8891fdaa92f33dba61b41.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev chilonzorda ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini borib ko‘rdi
mirziyoyev chilonzorda ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini borib ko‘rdi
Mirziyoyev Chilonzorda ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini borib ko‘rdi — foto
09:29 15.10.2023 (yangilandi: 09:44 15.10.2023) Shu yerda Toshkent shahri va tegishli sohalar mutasaddilari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 14-oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ishga tushirilgan kogeneratsiya inshootini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. O‘tgan qishdagi anomal sovuqda issiqlik ta’minotida uzilishlar ro‘y berdi. Chilonzor tumanining Oqtepa va Bog‘zor mahallalari vaziyat murakkab bo‘lgan hududlardan edi. Bu yerda 50 ta ko‘p qavatli uy, 7 ta ijtimoiy muassasa va o‘nlab tadbirkorlik shoxobchalari bor.
Ushbu holatning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu yerda bir vaqtning o‘zida issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaradigan kogeneratsion qurilmalar ishga tushirildi. Ular soatiga 4,6 MVt elektr energiyasi hamda 29 gigakaloriyadan ortiq issiqlik ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Turkiyaning "Iltekno" kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan loyihaga Germaniyadan gaz-porshenlar hamda “Bosch” qozonlari keltirib o‘rnatildi. Shuningdek, qozonxonadan iste’molchilargacha bo‘lgan barcha issiqlik ta’minoti infratuzilmasi rekonstruksiya qilindi. Issiqlik magistrali almashtirildi, har bir turar joy binosi va ijtimoiy obyektlarda alohida issiqlik taqsimlash punktlari o‘rnatildi.
Jami 13 ming metr uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini yangi, izolyatsiyali quvurlarga almashtirish hisobiga to‘liq yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.
Loyihaning yana bir samarali jihati - issiqlik taqsimlash punktlari maxsus datchiklar bilan jihozlangan. Havo sovib yoki isib ketishiga qarab, uy ichidagi harorat mo‘’tadil saqlab turiladi.
Majmua ishga tushirilishi natijasida yiliga 5,3 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar 67 foiz kamayadi, oqova suv tashlanmalari esa umuman bo‘lmaydi.
Shu yerda Toshkent shahri va tegishli sohalar mutasaddilari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha axborot berdi. Davlat rahbari energetika, kommunal, qurilish va servis kompaniyalari kabi barcha vositalarni safarbar qilib, ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish, energiya va issiqlik ta’minotini barqaror qilish, bu borada xalq nazoratini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.