Toshkent aholisining kir yuvish xizmatidan foydalanishga talabi oshdi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishProdaja bitovoy texniki
Prodaja bitovoy texniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda to‘qimachilik va mo‘ynali buyumlarni yuvish va kimoviy tozalash bo‘yicha xizmatlarining hajmi 404,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkent aholisining kir yuvish va kimoviy tozalash xizmatlaridan foydalanishga talab yuqori. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Aytilishicha, 2023-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda to‘qimachilik va mo‘ynali buyumlarni yuvish va kimoviy tozalash bo‘yicha xizmatlarining hajmi 404,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.
“Ushbu xizmatlarning 32,7 %i yoki 132,5 mlrd so‘mi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan”, — deyiladi xabarda.
Hududlar kesimida kir yuvish va kimoviy tozalash xizmatlari hajmi:
Qoraqalpog‘iston – 4,7 mlrd so‘m;
Andijon viloyati – 87 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati – 22,3 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati – 3,8 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 15,1 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati – 12,6 mlrd so‘m;
Namangan viloyati – 33,1 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati – 25,7 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati – 9,1 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati – 3,3 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati – 28,1 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati – 21,6 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati – 5,6 mlrd so‘m;
Toshkent shahri – 132,5 mlrd so‘m.
Yangiliklar lentasi
0