Qaysi hudud ko‘proq isiydi — O‘zbekistonda 15-oktabr uchun ob-havo

© Sputnik / Aktan TemirkanovSamarqand
Samarqand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Ertaga, 15-oktabr kuni ayrim hududlarda harorat +22 darajagacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkent shahrida kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4-6 iliq, kunduzi +17-19 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1-6 iliq bo‘ladi, ba’zi joylarda 1-3 sovuqqacha bo‘lishi mumkin, kunduzi +12-17 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2-7 iliq, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3-8 iliq, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-10, kunduzi +17-22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2-7 iliq, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sovuq, 3 iliq, kunduzi +8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0