Neft bozori: G‘arb Putinning yangi do‘stidan xavotirda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie kachalki v Tatarstane
Neftanie kachalki v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2023
Obuna bo‘lish
Iqtisodchi: Rossiya va Saudiya Arabistoni neft bozorini qattiq nazorat qilmoqda.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Rossiya va Saudiya Arabistoni neft narxini birgalikda nazoratga olishdi. Bu haqda Avstraliya Milliy universiteti professori Amin Saykal Strategist jurnaliga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Siyosiy spektrning qarama-qarshi tomonidagi ikkita neft qazib oluvchi davlat neft narxining kalitlariga ega: Rossiya va Saudiya Arabistoni”, — deb yozadi olim.
Saykalning ta’kidlashicha, Moskva va Ar-Riyod neft bozorini barqarorlashtirish maqsadida avvalroq OPEK+ karteli doirasida ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga muvaffaqiyatli erishgan.
Olimning fikricha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Xitoy va Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlashga intilmoqda.
Uning mamlakati BRIKSga taklif oldi va Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishga intilmoqda, deya qo‘shimcha qildi Saykal.
U, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Muhammad bin Salmon o‘rtasidagi yaxshi munosabatlarga e’tibor qaratdi. Ekspertning fikricha, valiahd shahzoda G20 sammitlari chog‘ida Rossiya prezidenti bilan do‘stona muloqot qilgan.
“Rossiya va Saudiya Arabistoni manfaatlari bir-biriga yaqinlashar ekan, yaqin kelajakda neft narxi tushishi dargumon. Yoqilg‘i iste’molchilarini og‘ir kunlar kutmoqda”, — deb hisoblaydi olim.
Yangiliklar lentasi
0