“Vaqf” fondiga yangi rahbar tayinlandi

© UMU Isaxon Abdullayev
Isaxon Abdullayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
“Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlayotgan Isaxon Abdullayev fond raisi bo‘ldi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Isaxon Abdullayev "Vaqf" xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) matbuot xizmati xabar berdi.
O‘MI raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov raisligida “Vaqf” xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi vazifasida mehnat qilayotgan Ziyovuddin Mirsodiqov o‘z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etildi va uning o‘rniga Isaxon Abdullayev tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Isaxon Abdullayev Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. U 25-yillik ish malakaga ega bo‘lib, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, xayriya jamg‘armalarini boshqarish va yordamchi xo‘jaliklar faoliyatini tartibga solish borasida katta natijalarga erishgan.
Jumladan, u mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi, Maxsus jamg‘arma raisi hamda Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi ijrochi direktori kabi muhim lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar u “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0