Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida "svet" o‘chiriladi

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkentda elektr ta’minoti to‘xtatiladi
Toshkentda elektr ta’minoti to‘xtatiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek va Sergeli tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar berdi "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Mirzo Ulug‘bek tumani: "Gulzorobod" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Sergeli tumani: "Yangihayot" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0