https://oz.sputniknews.uz/20231013/ozbekiston-toqimachilik-eksport-5-mlrd-dollar-39931039.html
O‘zbekiston mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtda UzTextileEXPO 2023Autumn – VII Xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
2023-10-13T15:15+0500
2023-10-13T15:15+0500
2023-10-14T02:54+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
ko‘rgazma
tekstil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0a/37750539_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_a67724b2a90c2df1a5d349fcddb7db8a.jpg
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport ko‘rsatkichlari hajmi 5 mlrd dollarga yetkaziladi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Anjumanda ma’lum qilinishicha, Toshkentda 18-20 oktabrda UzTextileEXPO 2023 – To‘qimachilik va moda sanoati VII xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu yil ko‘rgazmada Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoydan 180 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmada namoyish etishadi.Qayd etilishicha, xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasining O‘zbekistonga ahamiyati katta. Chunki, investor va bayerlar bu ko‘rgazma orqali mahsulotlar bilan yaqindan tanishib, sifatni baholash imkoniga ega bo‘lishmoqda va hamkorlik uchun shartnomalar tuzilmoqda.To‘qimachilik haftaligi doirasida Better Work Uzbekistan dasturi seminari ham bo‘lib o‘tadi. Unda Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va to‘qimachilik sanoati korxonalari ishtiroki kutilmoqda.Shuningdek, hafta davomida to‘qimachilikda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan turli treninglar, jumladan, savdo platformalari, sertifikatlashtirish va innovatsiyalar bo‘yicha seminarlar, V2V uchrashuvlar, biznes turlar va yangi to‘qimachilik sanoati korxonalarini ishga tushirish marosimlari o‘tkaziladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/0a/37750539_126:80:1155:852_1920x0_80_0_0_7e4286224434c579acafa17e9d6b137c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent uztextileexpo 2023 autumn – vii xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi o‘zto‘qimachiliksanoat
toshkent uztextileexpo 2023 autumn – vii xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi o‘zto‘qimachiliksanoat
O‘zbekiston mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi
15:15 13.10.2023 (yangilandi: 02:54 14.10.2023) Poytaxtda UzTextileEXPO 2023Autumn – VII Xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport ko‘rsatkichlari hajmi 5 mlrd dollarga yetkaziladi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi
Sputnik muxbiri.
Anjumanda ma’lum qilinishicha, Toshkentda 18-20 oktabrda UzTextileEXPO 2023 – To‘qimachilik va moda sanoati VII xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Bu yil ko‘rgazmada Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoydan 180 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmada namoyish etishadi.
Qayd etilishicha, xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasining O‘zbekistonga ahamiyati katta. Chunki, investor va bayerlar bu ko‘rgazma orqali mahsulotlar bilan yaqindan tanishib, sifatni baholash imkoniga ega bo‘lishmoqda va hamkorlik uchun shartnomalar tuzilmoqda.
"So‘nggi 5-yil mobaynida mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport ko‘rsatkichlari hajmi 3,5 mlrd dollarga yetdi. Ayni damda ushbu ko‘rsatkichni 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda", — dedi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi marketing agentligi direktori Abduvali Sodiqov.
To‘qimachilik haftaligi doirasida Better Work Uzbekistan dasturi seminari ham bo‘lib o‘tadi. Unda Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va to‘qimachilik sanoati korxonalari ishtiroki kutilmoqda.
Shuningdek, hafta davomida to‘qimachilikda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan turli treninglar, jumladan, savdo platformalari, sertifikatlashtirish va innovatsiyalar bo‘yicha seminarlar, V2V uchrashuvlar, biznes turlar va yangi to‘qimachilik sanoati korxonalarini ishga tushirish marosimlari o‘tkaziladi.