https://oz.sputniknews.uz/20231013/ozbekiston-musulmonlar-idorasi-raisi-orinbosar-nufuzli-mukofot-39908192.html
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
10-11 oktabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi Kotibiyatining XXI-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2023-10-13T10:10+0500
2023-10-13T10:10+0500
2023-10-13T11:59+0500
jamiyat
qozog‘iston
o‘zbekiston
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39907298_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4a7d2f226932cbf01630c1fd6e972221.jpg
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov nufuzli mukofot bilan taqdirlandi, deya xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.Qayd etilishicha, 10-11 oktabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi kotibiyatining XXI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Dunyoning 23 davlatidan kelgan din peshvolari Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII qurultoyida qabul qilingan deklaratsiya qoidalarini amalga oshirishni muhokama qilishdi. Davra suhbatida turli dinlar, xalqaro tashkilotlar vakillari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ishtirok etdi.Xalqaro anjumanda so‘zga chiqqanlar mazkur forum ishining alohida ahamiyatini qayd etishdi. Shuningdek, dinlar va madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikka erishish uchun diniy va siyosiy yetakchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Qurultoy ishtirokchilari tinchlik va konfessiyalararo totuvlikni asrashga qaratilgan masalalarga alohida to‘xtaldi.Yig‘ilish yakunida “Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyining 2023-2033 yillar uchun rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilindi.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39907298_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5cae4ba5db78e82f6d4f8c6f738286ff.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston ostona jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi kotibiyatining xxi-yig‘ilishi homidjon domla ishmatbekov nufuzli mukofot
qozog‘iston ostona jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi kotibiyatining xxi-yig‘ilishi homidjon domla ishmatbekov nufuzli mukofot
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari nufuzli mukofot bilan taqdirlandi
10:10 13.10.2023 (yangilandi: 11:59 13.10.2023) Ostona shahrida Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi Kotibiyatining XXI-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov nufuzli mukofot bilan taqdirlandi, deya xabar berdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi. Qayd etilishicha, 10-11 oktabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi kotibiyatining XXI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 23 davlatidan kelgan din peshvolari Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII qurultoyida qabul qilingan deklaratsiya qoidalarini amalga oshirishni muhokama qilishdi.
Davra suhbatida turli dinlar, xalqaro tashkilotlar vakillari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ishtirok etdi.
Xalqaro anjumanda so‘zga chiqqanlar mazkur forum ishining alohida ahamiyatini qayd etishdi. Shuningdek, dinlar va madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikka erishish uchun diniy va siyosiy yetakchilarning sa’y-harakatlarini birlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Qurultoy ishtirokchilari tinchlik va konfessiyalararo totuvlikni asrashga qaratilgan masalalarga alohida to‘xtaldi.
"Tadbir davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov "Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyining hurmat medali" bilan taqdirlangani e’lon qilinib, tantanali tarzda taqdim etildi", — deyiladi xabarda.
Yig‘ilish yakunida “Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyining 2023-2033 yillar uchun rivojlantirish konsepsiyasi” qabul qilindi.