Futbol: O‘zbekiston Vyetnam ustidan g‘alaba qozondi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMatch Uzbekistan-Vyetnam
Match Uzbekistan-Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
"Oq bo‘rilar" Vyetnam darvozasiga javobsiz ikkita gol kiritdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vyetnamga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Uchrashuv Xitoyning Dalyan shahridagi "Dalian Sports Center” stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 26-daqiqasida Oston O‘runov individual harakatlari evaziga raqib jarima maydonining chaprog‘ida uzoq masofadan raqib darvozasining olis burchagini aniq nishonga oldi va O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi.
66-daqiqada Husniddin Aliqulov burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobni yiriklashtirdi - 2:0.
Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va O‘zbekiston Vyetnam ustidan 2:0 hisobida ustun keldi.
"Oq bo‘rilar" endi 16-oktabr kuni Xitoyga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
Yangiliklar lentasi
0