https://oz.sputniknews.uz/20231013/bishkekda-mdh-davlat-rahbarlari-kengashi-majlisi-tor-doirada-boshlandi-39923258.html
Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi
Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. Uchrashuv tor doirada o‘tmoqda, unda faqat prezidentlar ishtirok etadi. Tadbir boshlanishidan avval davlatlar rahbarlari suratga olish marosimida ishtirok etishdi.
2023-10-13T13:03+0500
2023-10-13T13:03+0500
2023-10-13T14:03+0500
dunyoda
siyosat
bishkek
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39925467_227:84:3148:1727_1920x0_80_0_0_eb29cf9c24e5cb2ea11d4aebb7cb9192.jpg
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. Uchrashuv tor doirada o‘tmoqda, unda faqat prezidentlar ishtirok etadi. Tadbir boshlanishidan avval davlatlar rahbarlari suratga olish marosimida ishtirok etishdi.Tadbir Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tmoqda. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashmoqda.Sammit davomida davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy sheriklik, xavfsizlik va ekologiya masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, yetakchilar bu yil MDH doirasidagi o‘zaro aloqalar natijalarini sarhisob qilishadi va istiqboldagi asosiy vazifalarni belgilab oladilar. Dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan.Sammit Qirg‘iziston prezidentining "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20231013/mdh-davlat-rahbarlari-kengashi-navbatdagi-majlisi-jonli-efir-39909046.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39925467_430:21:2971:1927_1920x0_80_0_0_b355dcd330da268ff14686559d96a66f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
mdh davlat rahbarlari kengashi bishkek
mdh davlat rahbarlari kengashi bishkek
Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi
13:03 13.10.2023 (yangilandi: 14:03 13.10.2023) Sammit Qirg‘iziston prezidentining "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. Uchrashuv tor doirada o‘tmoqda, unda faqat prezidentlar ishtirok etadi. Tadbir boshlanishidan avval davlatlar rahbarlari suratga olish marosimida
ishtirok etishdi. Tadbir Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tmoqda. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashmoqda.
Sammit davomida davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy sheriklik, xavfsizlik va ekologiya masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, yetakchilar bu yil MDH doirasidagi o‘zaro aloqalar natijalarini sarhisob qilishadi va istiqboldagi asosiy vazifalarni belgilab oladilar. Dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan.
Sammit Qirg‘iziston prezidentining "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.