Bishkekdagi MDH sammiti yakunlari bo‘yicha qanday hujjatlar imzolandi?

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaMustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
MDH yetakchilari rus tili tashkilotini ta’sis etish, davlatlararo munosabatlar, diniy e’tiqod, terrorizga qarshi kurash, sud-ekspertiza faoliyati kabi yo‘nalishlarda qator hujjatlar imzolashdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Bishkekdagi MDH sammiti yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Bishkekda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi o‘z ishini yakunladi. Unda Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetakchilari ishtirok etdi.
MDH sammiti yakunlari bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolandi:
1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashish;
2. 2024-yilda MDHga raislik qilish to‘g‘risida;
3. MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risida;
4. MDH Faxriy belgisi bilan taqdirlash to‘g‘risida;
5. Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitim;
6. MDH davlatlari rahbarlarining raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvi tizimlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bayonoti;
7. MDH davlatlari rahbarlarining ko‘p qutbli dunyoda davlatlararo munosabatlar tamoyillari to‘g‘risidagi bayonoti;
8. MDH davlatlari rahbarlarining inson va fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bayonoti;
9. MDH davlatlari rahbarlarining rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish to‘g‘risidagi bayonoti to‘g‘risida;
10. MDHda kuzatuvchi maqomi va MDH hamkori maqomi to‘g‘risida;
11. Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfini baholash xalqaro markazini tashkil etish to‘g‘risida;
12. MDH davlatlarining sud ekspertizasi faoliyati sohasida muvofiqlashtiruvchi kengashini tuzish to‘g‘risidagi kelishuv to‘g‘risida;
13. 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarning davlatlararo dasturi to‘g‘risida;
14. “Tinchlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun” medali to‘g‘risida;
15. Samarqand (O‘zbekiston) shahrini 2024-yilda MDHning madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risida;
16. MDHning huquqiy hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida;
16.1. 2000-yil 21-iyundagi bayonnoma bilan tasdiqlangan MDH Ijroiya qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
16.2. MDH organlari qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;
16.3. MDH Davlat rahbarlari kengashining 2003-yil 19-sentabrdagi Hamdo‘stlik organlarining ishtirokchi davlatlarning budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan yagona budjetiga ulushli badallarni o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.
Eslatib o‘tamiz, tadbir Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tmoqda. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashmoqda.
Flagi stran-uchastnikov SNG, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
2024 yilda MDHga raislik Rossiyaga o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0