Toshkent-Markaziy vokzali ishini qayta tiklamoqda

© Sputnik / Aktan TemirkanovSeverniy Jeleznodorojniy vokzal g. Tashkenta.
Severniy Jeleznodorojniy vokzal g. Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Bir oy davomida Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi ayrim poyezdlar vaqtincha Janubiy vokzaldan qatnayotgan edi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. 16 oktabrdan boshlab Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzali o‘z faoliyatini avvalgi jadval bo‘yicha boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar bermoqda.
"Toshkent-Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettirishingiz mumkin", - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Toshkent-Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xovos, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16-oktabrdan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15-sentabrdan 15-oktabrgacha Shimoliy vokzaldan harakatlanuvchi ayrim poyezdlar vaqtincha Janubiy vokzaldan qatnashi xabar qilingan edi. Bu vaqt mobaynida "To‘qimachi" hamda "Toshkent-yo‘lovchi" temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0