Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, ammo biz har doim o‘yinlardan faqat g‘alaba kutamiz — Timur Kapadze

© Elina Beknazarova Trener molodejnoy sbornoy po futbolu Timur Kapadze
 Trener molodejnoy sbornoy po futbolu Timur Kapadze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Timur Kapadze futbolchilarning tayyorgarligiga ishonch bildirdi, biroq Ispaniya futbolchilari taktik jihatdan yaxshi ekanini tan oldi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, ammo biz har doim o‘yinlardan faqat g‘alaba kutamiz. Bunday fikrni futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasi murabbiysi Timur Kapadze Ispaniya bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan anjumanda aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Timur Kapadze futbolchilarning tayyorgarligiga ishonch bildirdi, biroq Ispaniya futbolchilari taktik jihatdan yaxshi ekanini tan oldi.

“Ispaniya yoshlar terma jamoasi nisbatan yaqinda tuzilganiga qaramay, Ispaniyada futbolchilar bolalikdan taktik jihatdan kuchli ekanligini unutmasligimiz kerak", — deydi Kapadze.

Shuningdek, bosh murabbiy ertaga tarkibda rotatsiyalar bo‘lishi kutilayotgani, Osiyo o‘yinlaridan so‘ng terma jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilar Xolmatov va Rahmonaliyevlar maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Futbol: O‘zbekiston — Ispaniya uchrashuvi qayerda va qachon bo‘lib o‘tadi?
Yangiliklar lentasi
0