Sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish tadbirlariga 115 mlrd so‘m yo‘naltirildi

© Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati Kosonsoy tumaniga sel keldi
 Kosonsoy tumaniga sel keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
1027 ta xo‘jalik 5127 nafar fuqaro vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, 137 ta xo‘jalik 674 nafar fuqarolar muhandislik-muhofaza tadbirlari to‘liq amalga oshirilgan.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilda toshqin suvlari, sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish tadbirlariga 115 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Furqat Abdiqodirov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z geografik va geologik xususiyatlariga ko‘ra, tabiiy ofat va xavf-xatarlarga moyil hudud hisoblanadi. Shunga ko‘ra, doimiy ravishda Favquloda vaziyatlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Suv xo‘jaligi vazirliklari va boshqa mas’ul idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruhlar sel, toshqin va ko‘chki xavfi mavjud hududlarni o‘rganib chiqqan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 1027 ta xo‘jalik 5127 nafar fuqaro vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, 137 ta xo‘jalik 674 nafar fuqarolar muhandislik-muhofaza tadbirlari to‘liq amalga oshirilgani munosabati bilan sel va toshqin suvlaridan muhofaza qilingan.
Shuningdek, 2023-yilda toshqin suvlari, sel va suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha Yig‘ma manzilli dastur asosida 67 ta suv obyektida, respublika budjeti hisobidan 115 mlrd so‘m, 2588 ming kub.m. tuproq, 249961 kub.m., 32526 kub.m. beton va 430 tonna temir ishlari bajarilgan.
Yangiliklar lentasi
0