O‘zbekistonning YuNESKOdagi yangi doimiy vakili tayinlandi

© Sputnik / Irina KalashnikovaShtab-kvartira YuNESKO v Parije. Arxivnoe foto
Shtab-kvartira YuNESKO v Parije. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili bo‘ldi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
Kamol Muxtorov 1981-yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti va London Diplomatik akademiyasini tamomlagan.
2007 yildan boshlab Investitsiya, sanoat va savdo, shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
U 2019-yildan buyon O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlab kelayotgandi.
Kamol Muxtorov 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili bo‘lgan va iyul oyida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan Umid Shodiyev o‘rnini egalladi.
Yangiliklar lentasi
0