https://oz.sputniknews.uz/20231012/ozbekiston-xorijiy-avtomobillar-savdo-kamaydi-39882897.html
O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar savdosi kamaydi — birlamchi va ikkilamchi bozordagi vaziyat
O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar savdosi kamaydi — birlamchi va ikkilamchi bozordagi vaziyat
Sputnik O‘zbekiston
Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvi 16%ga pasaydi.
2023-10-12T16:13+0500
2023-10-12T16:13+0500
2023-10-12T18:23+0500
iqtisod
o‘zbekiston
avtomobil
bozor
elektromobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38916739_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_fee07267fca77b24925025062383ae3b.jpg
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda, yangi xorijiy avtomobillar bozoridagi vaziyat, aksincha, pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.Sentabr oyida elektromobillar bozorida mo‘’tadillik kuzatildi. Shu bilan birga, elektromobillarning birlamchi bozori 2% ga qisqargan bo‘lsa, aksincha, ikkilamchi bozor 8,5% ga oshdi.Sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, barcha avtotransport vositalarining sotuvi avgust oyiga nisbatan 0,1% ga pasayib, 148 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan 20 foizga o‘sdi.Yengil avtomobillarAvgust oyida yengil avtomobillar savdosi 137 mingtani tashkil etib, bir oy davomida atigi 1% ga oshdi.Eng katta o‘sish Farg‘ona – 19%, Namangan – 9% va Xorazm – 5% viloyatlarida kuzatildi.Umuman olganda, yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan 18%ga oshdi.Birlamchi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyatBirlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi oy davomida 1,4% ga oshdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37% ga o‘sib, 10 mingdan ortiq yengil avtomobillar sotilgan.Uch chorak yakunlari bo‘yicha eng sezilarli o‘sish yengil avtomobillar segmentida qayd etilib, sotuvlar hajmi 68,8% ga oshdi.Oy davomida yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi 4,2% ga o‘sdi va 33 mingdan oshdi.Xorijiy yengil avtomobillar bozoriXorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat, aksincha, pasayishni ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, oy davomida sotuvlar 16% ga pasaydi va 4,6 mingta avtomobilni tashkil etdi.Ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyatSentabr oyida ikkilamchi bozor o‘sishni boshladi. Haydalgan yengil avtomobillar savdosi bir oy oldingiga nisbatan 800 ta avtomobilga ko‘payib, 98 mingtadan oshdi.Joriy yilning III choragi yakunlariga ko‘ra, ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi 15,5% ga oshdi.Elektromobillar bozoriSentabr oyida yengil elektromobillar savdosi pasayib, 3,6 mingtani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan 20 mingta avtomobilga kam. O‘tgan yilga nisbatan elektromobillar bozori 6 baravarga oshdi.Oy davomida eng kam elektromobil Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida sotilgan.Joriy yilning III choragi yakunlariga ko‘ra, yengil elektromobillar sotuvi deyarli 10 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 5 barobarga ko‘paydi.Elektromobillarning birlamchi bozori oy davomida 2% ga kamaygan bo‘lsa, aksincha, sentabr oyida elektromobillarning ikkilamchi bozori 8,5% ga oshdi.Rossiyaning "Atom" elektromobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkinO‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 894 mln so‘mga sotildiImport mashinalar uchun bojxona to‘lovlari keskin kamaytirilmoqda
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0e/38916739_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_91d9f8196fc57c8c3528d7f4cd06480f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xorijiy avtomobil savdosi mahalliy yengil avtomobillar birlamchi yengil avtomobillar
o‘zbekiston xorijiy avtomobil savdosi mahalliy yengil avtomobillar birlamchi yengil avtomobillar
O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar savdosi kamaydi — birlamchi va ikkilamchi bozordagi vaziyat
16:13 12.10.2023 (yangilandi: 18:23 12.10.2023) Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvi 16%ga pasaydi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda, yangi xorijiy avtomobillar bozoridagi vaziyat, aksincha, pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
xabar berdi. Sentabr oyida elektromobillar bozorida mo‘’tadillik kuzatildi. Shu bilan birga, elektromobillarning birlamchi bozori 2% ga qisqargan bo‘lsa, aksincha, ikkilamchi bozor 8,5% ga oshdi.
Sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, barcha avtotransport vositalarining sotuvi avgust oyiga nisbatan 0,1% ga pasayib, 148 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan 20 foizga o‘sdi.
Avgust oyida yengil avtomobillar savdosi 137 mingtani tashkil etib, bir oy davomida atigi 1% ga oshdi.
Eng katta o‘sish Farg‘ona – 19%, Namangan – 9% va Xorazm – 5% viloyatlarida kuzatildi.
Umuman olganda, yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilning sentabr oyiga nisbatan 18%ga oshdi.
Birlamchi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat
Birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi oy davomida 1,4% ga oshdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37% ga o‘sib, 10 mingdan ortiq yengil avtomobillar sotilgan.
Uch chorak yakunlari bo‘yicha eng sezilarli o‘sish yengil avtomobillar segmentida qayd etilib, sotuvlar hajmi 68,8% ga oshdi.
Oy davomida yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi 4,2% ga o‘sdi va 33 mingdan oshdi.
Xorijiy yengil avtomobillar bozori
Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat, aksincha, pasayishni ko‘rsatmoqda. Shunday qilib, oy davomida sotuvlar 16% ga pasaydi va 4,6 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyat
Sentabr oyida ikkilamchi bozor o‘sishni boshladi. Haydalgan yengil avtomobillar savdosi bir oy oldingiga nisbatan 800 ta avtomobilga ko‘payib, 98 mingtadan oshdi.
Joriy yilning III choragi yakunlariga ko‘ra, ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi 15,5% ga oshdi.
Sentabr oyida yengil elektromobillar savdosi pasayib, 3,6 mingtani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan 20 mingta avtomobilga kam. O‘tgan yilga nisbatan elektromobillar bozori 6 baravarga oshdi.
Oy davomida eng kam elektromobil Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida sotilgan.
Joriy yilning III choragi yakunlariga ko‘ra, yengil elektromobillar sotuvi deyarli 10 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 5 barobarga ko‘paydi.
Elektromobillarning birlamchi bozori oy davomida 2% ga kamaygan bo‘lsa, aksincha, sentabr oyida elektromobillarning ikkilamchi bozori 8,5% ga oshdi.