Nikita Rafalovich Tayyuan Gran-prisida kumush medalga sazovor bo‘ldi

© NOKNikita Rafalovich
Nikita Rafalovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Rafalovich finalda rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Vladislav Laringa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasi yakunlandi. Bugun turnirning so‘nggi kunida kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich kumush medalga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
+80 kg vazn toifasida bahs olib borgan Rafalovich musobaqa davomida Tunis, Xitoy, Xorvatiya, Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq finalda rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Vladislav Laringa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan tugatdi.
Yangiliklar lentasi
0