Toshkent metrosida nimalar taqiqlanadi — video

Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar uchun metroda harakatlanish tartibi o‘zgardi.
Endi metropolitenda bir qator yangi qoidalarga amal qilish talab etiladi. Masalan, IIV xodimlarining ko‘zdan kechirishini rad etish, metroda poyabzal va kiyimsiz (yalang‘och) holda bo‘lish taqiqlanadi.
Shuningdek, qizdiriladigan tamaki, elektron sigaretalar va nosvoy chekish, velosiped, moped, skuter va boshqalar bilan kirish, yonuvchan, portlovchi moddalardan foydalanish va mast holda bo‘lish, vagonlarda akrobatik va sport mashqlarini bajarish ham mumkin emas.

“Hukumat qarori bilan metropolitendan foydalanishda yo‘lovchilar kiyimini va inshootlarni kir qilishi mumkin bo‘lgan, yuklar, shuningdek, velosipedlar (yig‘iluvchan velosipedlar bundan mustasno), skuter va mopedlar bilan bekatga kirishga ruxsat etilmaydi”, — deydi "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati rahbari To‘ychi Mirzayev .

Qoidabuzarlarga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi mumkin.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0