Japarov: Kantdagi Rossiya bazasini Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlik kafolati

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishSadir Japarov
Sadir Japarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya aviabazasi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiyaning Qirg‘izistondagi Kant aviabazasi Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

“Bugun biz to‘liq ishonch bilan ayta olamizki, Kant shahridagi Rossiya aviatsiya bazasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning ishonchli kafolatidir”, - dedi Japarov aviabazaning 20-yilligiga bag‘ishlangan marosimda nutq so‘zlayotib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya aviabazasi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda va terrorchilik va ekstremistik tahdid uchun tiyib turuvchi omil bo‘lib qolmoqda.
Japarov Kantda aviabazani ochish zarur va o‘z vaqtida ko‘rilgan chora bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya aviabazasi Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi Kant harbiy aerodromida joylashgan. U ham front, ham harbiy-transport aviatsiasi samolyotlarini qabul qilishga qodir. Bazaning asosiy vazifasi – O‘rta Osiyo havo maydonini nazorat qilish.
Pribitie prezidenta RF V. Putina v Bishkek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Putin MDH sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka bordi — video
Yangiliklar lentasi
0