https://oz.sputniknews.uz/20231012/gazprom-neft-ozbekneftgaz-shartnoma-39889888.html
“Gazprom neft” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida shartnoma imzolandi
“Gazprom neft” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida shartnoma imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
Gazpromneft kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va tajribasi “O‘zbekneftgaz”ga quduqlarni qurish vaqtini 20 foizdan ko‘proq muddatga qisqartirishga yordam beradi.
2023-10-12T17:59+0500
2023-10-12T17:59+0500
2023-10-12T18:15+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
o‘zbekiston - rossiya
neft
o‘zbekneftgaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0c/39889430_0:29:1280:749_1920x0_80_0_0_307fac5d13159a96d67a8754141082bd.jpg
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. "Gazprom neft" O‘zbekiston konlarida quduqlarni burg‘ilash jarayonlarini optimallashtirishga ko‘maklashadi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz”.Rossiya energetika haftaligi doirasida “Gazprom neft” va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra "Gazpromneft" O‘zbekiston konlarida quduqlarni burg‘ilash jarayonlarini optimallashtirishga ko‘maklashadi.“O‘zbekneftgaz” konlarida quduqlarni qurish va ulardan foydalanish uchun “Gazprom neft – Noyabrskneftgaz” loyihaning operatori sifatida muhandislik yondashuvlari va yechimlarini ishlab chiqadi.U burg‘ilash nazorati, burg‘ilash uskunalari auditi, quduq dizaynini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar va burg‘ilash suyuqligining optimal formulasini tanlashni o‘z ichiga oladi.“Noyabrskneftgaz” mutaxassislaridan iborat guruhlar quduq unumdorligini maksimal darajada tiklash borasida o‘zlashtirishning kech bosqichidagi konlarni ishlatish uchun zarur texnologik malakalarga ega.Shuningdek, “O‘zbekneftgaz”da burg‘ilashni boshqarish markazini tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Bunda “Gazprom neft” dasturiy ta’minoti va uning quduqlarni qurish borasidagi ilg‘or tajribasidan ham foydalanish rejalashtirilgan.“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqovning so‘zlariga ko‘ra, sohada ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash - qazib chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va optimallashtirish imkonini beradi. Buning natijasida xatarlar kamayishi, jarayon nazorati va mehnat unumdorligi oshadi.Ma’lumot uchun, "Gazprom neft" 2012-yildan buyon uglevodorodlarni qazib olish va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirish imkonini beruvchi burg‘ilashni boshqarish markazlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Ayni paytda kompaniya tasarrufida burg‘ilanishni tunu kun nazorat qiladigan yuqori texnologiyali 10 ta quduq qurilishini boshqarish markazi mavjud. Ularning ulushi jami 87 foizni tashkil etadi. Xorijiy kompaniya bilan hamkorlik Jamiyatning innovasion faoliyatini faollashtiradigan yangi texnologiyalar va yechimlarni yaratish imkonini beradi."Gazpromneft-Noyabrskneftgaz" "Gazprom neft" kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. Korxona Yamalo-Nenes va Xanti-Mansi avtonom hududidagi 37 ta konda neft va gaz qazib chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya sanoatga xos bo‘lgan texnologiyalarni joriy etish tajribasiga ega.2020 yildan buyon uzunligi 1 km ga yetadigan ikki gorizontal shaftalarda bir vaqtning o‘zida qatlamlarni gidravlik yorish imkonini beruvchi murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan quduqlarni qurib kelmoqda. Kompaniya mutaxassislari bir vaqtning o‘zida 50 ga yaqin qazib olish va izlov-burg‘ilash quduqlari qurilishi, burg‘ilash, yotqizish, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari – quduq maydonchasini tayyorlashdan tortib ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni tunu kun kuzatib boradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0c/39889430_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_4f5f33ec46028fb390d4d98601a59e0e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“gazprom neft” va “o‘zbekneftgaz” shartnoma
“gazprom neft” va “o‘zbekneftgaz” shartnoma
“Gazprom neft” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida shartnoma imzolandi
17:59 12.10.2023 (yangilandi: 18:15 12.10.2023) Gazpromneft kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va tajribasi “O‘zbekneftgaz”ga quduqlarni qurish vaqtini 20 foizdan ko‘proq muddatga qisqartirishga yordam beradi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. "Gazprom neft" O‘zbekiston konlarida quduqlarni burg‘ilash jarayonlarini optimallashtirishga ko‘maklashadi, deya xabar berdi
“O‘zbekneftgaz”. Rossiya energetika haftaligi doirasida “Gazprom neft” va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra "Gazpromneft" O‘zbekiston konlarida quduqlarni burg‘ilash jarayonlarini optimallashtirishga ko‘maklashadi.
“O‘zbekneftgaz” konlarida quduqlarni qurish va ulardan foydalanish uchun “Gazprom neft – Noyabrskneftgaz” loyihaning operatori sifatida muhandislik yondashuvlari va yechimlarini ishlab chiqadi.
U burg‘ilash nazorati, burg‘ilash uskunalari auditi, quduq dizaynini o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar va burg‘ilash suyuqligining optimal formulasini tanlashni o‘z ichiga oladi.
“Gazprom neft" kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va tajribasi “O‘zbekneftgaz”ga quduqlarni qurish vaqtini 20 foizdan ko‘proq muddatga qisqartirishga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.
“Noyabrskneftgaz” mutaxassislaridan iborat guruhlar quduq unumdorligini maksimal darajada tiklash borasida o‘zlashtirishning kech bosqichidagi konlarni ishlatish uchun zarur texnologik malakalarga ega.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz”da burg‘ilashni boshqarish markazini tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. Bunda “Gazprom neft” dasturiy ta’minoti va uning quduqlarni qurish borasidagi ilg‘or tajribasidan ham foydalanish rejalashtirilgan.
“O‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan zaxiralar va murakkab quduqlar bilan ishlash bo‘yicha tajribamiz noyob texnologik malakalarni rivojlantirish imkonini berdi. Bugungi kunda "Gazprom neft" kompaniyasi faoliyat yuritadigan hududlardagi konlarda quduqlar qurilishini masofadan boshqaradigan yuqori texnologiyali markazlar mavjud”, — dedi "Gazprom neft" kompaniyasining geologiya va qazib chiqarish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Vadim Yakovlev.
“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqovning so‘zlariga ko‘ra, sohada ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash - qazib chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va optimallashtirish imkonini beradi. Buning natijasida xatarlar kamayishi, jarayon nazorati va mehnat unumdorligi oshadi.
“Shu nuqtayi nazardan “Gazprom neft” bilan hamkorlikda burg‘ilashni boshqarish markazining tashkil etilishi quduqlarni burg‘ilash bilan bog‘liq barcha jarayonlarni yanada samarali va uyg‘un boshqarishni ta’minlaydi. Mutaxassislarimiz bir necha yillar davomida ana shunday markazni tashkil etish uchun xalqaro kompaniyalar tajribasini o‘rganishdi. O‘rganishlar natijasida “Gazprom neft” kompaniyasi bilan hamkorlikda loyihani amalga oshirishga qaror qilindi”, — dedi Sidiqov.
Ma’lumot uchun, "Gazprom neft" 2012-yildan buyon uglevodorodlarni qazib olish va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirish imkonini beruvchi burg‘ilashni boshqarish markazlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Ayni paytda kompaniya tasarrufida burg‘ilanishni tunu kun nazorat qiladigan yuqori texnologiyali 10 ta quduq qurilishini boshqarish markazi mavjud. Ularning ulushi jami 87 foizni tashkil etadi. Xorijiy kompaniya bilan hamkorlik Jamiyatning innovasion faoliyatini faollashtiradigan yangi texnologiyalar va yechimlarni yaratish imkonini beradi.
"Gazpromneft-Noyabrskneftgaz" "Gazprom neft" kompaniyasining sho‘ba korxonasi hisoblanadi. Korxona Yamalo-Nenes va Xanti-Mansi avtonom hududidagi 37 ta konda neft va gaz qazib chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya sanoatga xos bo‘lgan texnologiyalarni joriy etish tajribasiga ega.
2020 yildan buyon uzunligi 1 km ga yetadigan ikki gorizontal shaftalarda bir vaqtning o‘zida qatlamlarni gidravlik yorish imkonini beruvchi murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan quduqlarni qurib kelmoqda. Kompaniya mutaxassislari bir vaqtning o‘zida 50 ga yaqin qazib olish va izlov-burg‘ilash quduqlari qurilishi, burg‘ilash, yotqizish, ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlari – quduq maydonchasini tayyorlashdan tortib ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni tunu kun kuzatib boradi.