Futbol: O‘zbekiston-Vyetnam o‘rtoqlik uchrashuvi - sana va vaqt

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Vyetnam jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13-oktabr kuni Vyetnamga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa yashil libosda harakatlanadi.
Uchrashuv ertaga soat 16:35 da Xitoyning Dalyan shahridagi "Dalian Sports Center” stadionida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vyetnam va Xitoyga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0