Bugun poytaxtning ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

© unsplash/KWON JUNHOGaz plitasi
Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Yangihayot va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bugun, 12-oktabr kuni Toshkentning ikki tumanining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Yangihayot va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Yangihayot tumani (10:00 dan 17:00 gacha): Fayzli, Chortoq, Ibrat, Yo‘ldosh mahallalari:
aholi xonadonlari soni – 674 ta;
ulgurji iste’molchilar soni – 21 ta.
Bektemir tumani (14:00 dan 18:00 gacha): Yik ota va Gulbog‘ mahallalari:
aholi xonadonlari soni – 1590 ta;
ulgurji iste’molchilar soni – 36 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0