AQSh Ukraina mojarosini harbiy yordam ko‘rsatishni bas qilish bilan tugatishi mumkin – Antonov

© Sputnik / Mixail TurgiyevAnatoliy Antonov, arxivnoe foto
Anatoliy Antonov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Vashingtondagi elchisi AQShning Kiyevga ajratgan yangi harbiy yordamiga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. AQSh Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatib, Ukrainadagi qurolli mojaroni oson va tez hal qilishga erishishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qildi.
Shu tariqa elchi AQSh Kiyevning mudofaa sohasidagi ehtiyojlari uchun ajratgan navbatdagi 200 million dollarlik yordamiga munosabat bildirgan.
“AQSh Ukrainaga harbiy yordam jo‘natishni bas qilish bilan mojaroni oson va tez hal qilishi mumkin”, - dedi Antonov.
Uning fikriga ko‘ra, Shtatlar Ukraina mojarosini kuch bilan hal qilishga pul tikishda davom etmoqda.
“Qarshi hujum barbod bo‘ldi. Kiyev rejimining kuni bitib qolgan. G‘arb qurol-yarog‘lari yetkazib berilishi qon to‘kilishining yakunlanishini ortga suradi, xolos”, - deya ta’kidlagan diplomat.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgandi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ma’lum qilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “olov bilan o‘ynayotganini” ta’kidlagan. Kremlning ta’kidlashicha, G‘arb tomonidan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishi Rossiya-Ukraina muzokaralariga yordam bermaydi, aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘z nutqlaridan birida Rossiya harbiylari G‘arb texnikasini muvaffaqiyatli birin-ketin yakson qilayotganini ta’kidlagan edi. G‘arb texnikalari, jumladan, tanklari jang maydonida yonmoqda.
Yangiliklar lentasi
0