Ulug‘bek Rashitov Tayyuan Gran-Prisi bronza medali sohibi bo‘ldi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiUlug‘bek Rashitov
Ulug‘bek Rashitov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Rashitov Gran-Pri sovrindoriga aylandi va terma jamoa hisobiga bronza medalini keltirdi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Ulug‘bek Rashitov Tayyuan Gran-Prisi bronza medali sohibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar berdi.
Bugun Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan -68 kg vazn toifasidagi Ulug‘bek Rashitov Gran-Pri sovrindoriga aylandi va terma jamoa hisobiga bronza medalini keltirdi.
“Osiyo o‘yinlari g‘olibi sifatida musobaqada ishtirok etgan Rashitov biroz avval yakunlangan murosasiz yarim final jangida koreyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi”, — deyiladi xabarda.
Ulug‘bek bungacha mo‘g‘ulistonlik Buyanshagai Enhboldni, eronlik Matin Rezaini hamda xorvatiyalik Marko Golubichni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Yangiliklar lentasi
0