Bugun O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi o‘ynaydi — vaqt va manzil

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaO‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘yin Farg‘onadagi “Samo” sport majmuasida soat 18:00 da boshlanadi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Bugun O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushadi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Iroq terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur bahsda vakillar to‘liq oq libosda, darvozabon qora libosda harakatlanadi.
O‘yin Farg‘onadagi “Samo” sport majmuasida soat 18:00 da boshlanadi. Uni “Sport” TV orqali tomosha qilish mumkin. Uchrashuvga kirish bepul.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yil Tailand mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani muddatidan avval qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0