O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 894 mln so‘mga sotildi

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent avtomobil yo‘llari.
Toshkent avtomobil yo‘llari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Eng arzon sotilgan avtoraqam qiymati 1,7 mln so‘m bo‘lsa, eng qimmat sotilgan raqam 894,0 mln so‘mga teng bo‘ldi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 894 mln so‘mga sotildi. Bu haqda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 10-oktabr kuni 350 ta avtoraqam sotilgan. Ularning umumiy qiymati 2 520,6 mln so‘mga teng bo‘lgan.
Eng arzon sotilgan avtoraqam qiymati 1,7 mln so‘m bo‘lsa, eng qimmat sotilgan raqam 894,0 mln (taxminan 73,5 ming dollar) so‘mga teng bo‘ldi.
“01 777 RRR” rusumli avtomobil raqami 30-sentabr kuni kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich bahosi 297 million so‘mga teng bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda eng qimmat avtomobil raqami — 50 777 ZZZ kim oshdi savdosida 669 600 000 so‘mga sotilgan edi.
Krasivie avtonomera v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2023
Chiroyli avtoraqamlar ro‘yxati va narxi yangilandi
Yangiliklar lentasi
0