O‘tgan 8 oyda xorijdan 4,3 million turist keldi — Mirziyoyev

© Sherzod AsadovVideoselektornoe soveshanie po voprosam polnogo zadeystvovaniya vozmojnostey obyektov turizma i kulturi, a takje effektivnoy organizatsii osennego sezona "Yashil makon"
Videoselektornoe soveshanie po voprosam polnogo zadeystvovaniya vozmojnostey obyektov turizma i kulturi, a takje effektivnoy organizatsii osennego sezona Yashil makon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda har bir davlat turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Bunday keskin raqobat sharoitiga mos bo‘lib ishlash shartligi qayd etildi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘tgan 8 oyda O‘zbekistonga xorijdan 4,3 million turist keldi, ulardan 1,4 milliard dollar tushum bo‘ldi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish va “Yashil makon” kuzgi mavsumini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari dunyodagi hozirgi murakkab vaziyatda har bir davlat turist jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Bunday keskin raqobat sharoitiga mos bo‘lib ishlash shartligi qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan 8 oyda:
O‘zbekistonga xorijdan 4,3 million turist keldi, ulardan 1,4 milliard dollar tushum bo‘ldi;
15 mingta yangi mehmon o‘rinlari yaratilib, ularning soni 137 mingtaga yetdi;
540 ta dam olish va ko‘ngilochar maskan barpo etildi, 70 ta turizm marshruti ochildi.
Shuningdek, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi, yangi 23 ta samolyot olib kelindi, 20 ta xalqaro va 6 ta ichki qatnov yo‘lga qo‘yildi, Samarqand aeroportida haftalik xalqaro reyslar 46 tadan 85 taga ko‘paydi, 1 ming 300 ta zamonaviy avtobus xarid qilinib, 38 ta marshrut ochildi.
Qo‘shimcha dam olish kunlari va chegirma berilgani hisobiga ichki sayyohlar soni 15 million nafarni tashkil qilib, o‘tgan yilga qaraganda 2 barobarga o‘sdi.
Yangiliklar lentasi
0