Kreml Yaqin Sharqdagi vaziyat nima uchun xavfli ekanligini tushuntirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishObstanovka v izrailskom gorode Ashkelon.
Obstanovka v izrailskom gorode Ashkelon. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Peskovning aytishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat xavotirli va xavfli darajada kengaymoqda.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Yaqin Sharqdagi vaziyat mojaroning kuchayishi sababli xavfli, endi tomonlar o‘zini tiyishi, siyosiy irodaga ega bo‘lganlarning kelishuv jarayonida ishtirok etishi muhim. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat qo‘rqinchli emas, agar u kengayib, hozirgi arab-isroil mojaro zonasidan tashqariga chiqsa, potensial xavflidir.
“Endi tomonlar o‘zini tiyib turishi va o‘z aqli bilan mulohaza yuritishga odatlanmagan bunday quturgan odamlarning hokimiyatga kirish imkoniga ega bo‘lmasligi juda muhim va faqat kelishuv jarayonida ishtirok etish uchun siyosiy irodasiga ega bo‘lgan odamlar sodir bo‘layotgan voqealarga aloqasi bo‘lishi uchun”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroildagi vaziyat keskinlashganidan afsus bildirib, buni AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganining yaqqol misoli deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0