Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Isroil-Falastin mojarosi: O‘zbekiston fuqarolari asirga olingani rad etildi

© AP Photo / Fatima ShbairPosledstviya raketnix udarov VS Izrailya po Gaze. Arxivnoe foto
Posledstviya raketnix udarov VS Izrailya po Gaze. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Ayrim ommaviy axborot vositalari Isroil-Falastin harbiy to‘qnashuvlar chog‘ida asirga olingan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmoqda.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Isroil va G‘azo sektoridagi mojaro hududlarida majburan ushlab turilganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot elchixonaga kelib tushmagan. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi shunday rasmiy bayonot berdi.
Hozir O‘zbekiston fuqarolarini Isroilda ro‘yxatga olish tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan elchixona Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yana bir bor murojaat qilib, tezkor aloqa va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘zlarining istiqomat manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni diplomatik vakolatxonaning elektron manziliga jo‘natishni so‘ragan.
“Ma’lumot olishda ishonchli manbalarga tayanishingizni va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.
Elchixonaning murojaat uchun telefon raqamlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
054-4851397
Samoleti v aeroportu Ben-Gurion v Tel-Avive. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Elchixona: Isroildan O‘zbekistonga parvozlar bekor qilingani yo‘q
Yangiliklar lentasi
0