Global bolalik reytingida O‘zbekiston 62-o‘ringa ko‘tarildi — Narbayeva

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaZasedanie kruglogo stola, napravlennogo na ukreplenie zashiti prav detey.
Zasedanie kruglogo stola, napravlennogo na ukreplenie zashiti prav detey. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Har yili dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq bola jismoniy, hissiy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Global bolalik reytingida O‘zbekiston 62-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Senat raisi Tanzila Narbayeva Toshkentda bo‘lib o‘tgan bolalar huquqlari himoyasini mustahkamlashga doir davra suhbatida ma’lum qildi.
Senat Raisining so‘zlariga ko‘ra Global bolalik reytingida O‘zbekiston tobora yuqorilab bormoqda. Agar 2017-yilda ushbu reytingda mamlakat 78-o‘rnini egallagan bo‘lsa, 2021-yilda 62-o‘ringa ko‘tarildi.
Har yili dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq bola jismoniy, hissiy yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi. Multiindikator klaster kuzatuviga ko‘ra O‘zbekistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 3 nafar boladan 2 nafari, ya’ni 62 foizi zo‘ravonlik bilan tarbiyalash usullarini boshdan kechirgan. 15-19 yoshli qizlarning 33 foizi er o‘z xotinini kaltaklashga haqli deb hisoblaydi.
Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan hali hanuzgacha ayrim holatlarda bolalar ham jismoniy, ham psixologik tazyiq va zo‘ravonliklarga duch kelayotgani, ularning huquqlari poymol bo‘layotgani, bu kabi holatlarni to‘liq bartaraf etish yuzasidan qonunchilikda yangi normalarni joriy etishga zarurat sezilayotgani aytib o‘tildi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaObsujdeni voprosi ukrepleniya zashiti prav detey i zashiti ix ot vsex form nasiliya
Obsujdeni voprosi ukrepleniya zashiti prav detey i zashiti ix ot vsex form nasiliya  
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023

“Zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha maxsus qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga yaqinda kiritilgan o‘zgartishlarga mos keladi, bu esa, o‘z navbatida, qizlar, o‘g‘il bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan huquqiy himoya qilishni kuchaytiradi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, qonun loyihasi zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p tarmoqli xizmatlarni rivojlantirish va amalga oshirishni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha deputatlar Surayyo Ramonovani Oliy Majlisning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga saylashdi.
Yangiliklar lentasi
0