Dunyo iqtisodiyoti ko‘p qutbli modelga o‘tmoqda – Putin

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari mamlakatlarning roli ular o‘z iqtisodiyoti, sanoati va energetika suverenitenini qanchalik samarali himoya qilishlari bilan ham aniqlanishini qo‘shimcha qildi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Dunyo iqtisodiyoti asta-sekin bir nechta o‘sish markazlari bo‘ladigan ko‘p qutbli modelga o‘tmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya energetika haftaligining yalpi majlisida ma’lum qildi.
Rossiya rahbari Rossiya va xorijlik ekspertlar birgalikda global energetikaning istiqbollari va tendensiyalarini muhokama qilishi mumkin bo‘lgan forumni o‘tkazish muhimligini qayd etdi.

“Bu dunyo iqtisodiyoti asta-sekin bir nechta o‘sish markazlari bo‘ladigan, har bir mamlakatning o‘rni, roli va ahamiyati u bu chuqur, ortga qaytmas jarayonlarni qanday qabul qilishi bilan belgilanadigan ko‘p qutbli modelga o‘tayotgan bugungi kunda g‘oyat muhim”, - dedi Putin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

U mamlakatlarning roli ular o‘z iqtisodiyoti, sanoati va energetika suverenitenini qanchalik samarali himoya qilishlari bilan ham aniqlanishini qo‘shimcha qildi.
“Investitsiya, savdo va kooperatsiya aloqalarini qayta yo‘lga qo‘yish”, - deya sanadi Rossiya prezidenti.
Yangiliklar lentasi
0