https://oz.sputniknews.uz/20231011/aqsh-isroil-39852979.html
AQSh Isroilni sotdi. Qolgan ittifoqchilar tayyorgarligini ko‘rsin
AQSh Isroilni sotdi. Qolgan ittifoqchilar tayyorgarligini ko‘rsin
Sputnik O‘zbekiston
HAMASning Isroilga hujum vaqtida zo‘r taassurot qoldiradigan turli tuman qurol-yarog‘ namoyish etildi – avtomatlar, yarim avtomatlar, granatomotlar, tankka qarshi raketa komplekslari, har xil dronlar. Uch kun ichida Isroilga qarata 5 mingtacha raketa uchirildi.
2023-10-11T22:35+0500
2023-10-11T22:35+0500
2023-10-11T22:35+0500
kolumnistlar
aqsh
isroil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0b/39853643_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_115d0a4bada2be7f12770da1e14a9e12.jpg
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. HAMASning Isroilga hujumi vaqtida zo‘r taassurot qoldiradigan turli tuman qurol-yarog‘ namoyish etildi – avtomatlar, yarim avtomatlar, granatomotlar, tankka qarshi raketa komplekslari, har xil dronlar. Uch kun ichida Isroilga qarata 5 mingtacha raketa uchirildi. O‘z o‘zidan savol tug‘iladi – bu o‘tinchalar qaydan paydo bo‘ldi? Qurol-aslaha demoqchiydim.Donald Trampning o‘g‘li falastinliklar qo‘lidagi avtomatlar Yaqin Sharq uchun odatiy bo‘lgan Kalashnikovlar emas, balki Amerikaning M4 lari ekaniga e’tibor qaratdi. Kongress a’zosi respublikachi Marjori Teylor-Grin Pentagondan Amerika quroli qanday qilib hamaschilar qo‘lida paydo bo‘lib qolganini zudlik bilan surishtirishni talab qildi.“Biz HAMAS tomonidan Isroilga qarshi qo‘llangan barcha AQSh qurollarining seriya raqamlarini kuzatish uchun Isroil bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Afg‘onistondan kelganmi? Ukrainadan kelganmi? Ikkalasi ham bo‘lishi ehtimoli katta”, - deb yozdi u o‘zining tvitterida.Surishtiruv, albatta, o‘tkazilishi zarur – xalqaro tashkilotlar ukrainalik qurol-yarog‘ baronlari va ularning amerikalik yetkazib beruvchilari aloqalarini o‘rgansa bo‘lardi. Biroq, aslida, buning bari Ponishinel siri. Amerikaliklar Afg‘onistondan qochib ketayotib, u yerda milliard dollarlik qurol-yarog‘, jumladan, tank va vertolotlarni tashlab ketishdi. 2021-yildan buyon bu hammasi mintaqa bo‘ylab joylashgan. “Yaqin Sharq” nomli porox bochkasiga yonib turgan pilikni yaqinlashtirishdi.O‘sha paytlardayoq, maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan ancha oldin, amerikaliklar nazoratsiz Ukrainani qurol-aslaha bilan ta’minlashdi. Natijada yirik qurol savdosining noqonuniy transchegaraviy markazini yaratishdi. Qora dengiz orqali O‘rta yer dengiziga yo‘l qisqa – mana endi bu qurol-yarog‘ Yaqin Sharqda qo‘llanilmoqda.Isroilning o‘zida ham buni yaxshi tushunishardi va hatto xavotirlarini amerikalik do‘stlari bilan o‘rtoqlashishgan. Iyunda Isroil mudofaa armiyasi zobiti o‘z ismini oshkor qilmay, “mavzuning o‘ta nozikligini inobatga olib”, “Newsweek” jurnalistlariga intervyu berdi.“Ochko‘zlik ukrainaparast bo‘linmalarning qurol-yarog‘ kontrabandasi bilan shug‘ullanishga undadi, - dedi isroillik harbiy. – Bu qurol-aslahalar “Hizbulloh” va HAMAS guruhlari qo‘liga tushishi mumkinligi bizni juda tashvishga soladi”.Bularning bari g‘oyat xunuk ko‘rinadi. Demak, Bayden ma’muriyati ko‘plab ogohlantirishlarga qaramay, Yaqin Sharqdagi o‘zining eng yaqin va sodiq ittifoqchisining xavfsizligiga tupurib qo‘ydi. Qing‘ir-qiyshiq yo‘llar bilan G‘azo sektoriga tushgan amerika quroli bilan hozirgina ko‘plab isroillik harbiylar va tinch aholi, ayollar va bolalar o‘ldirildi. Bu insonlar qoni – qurib borayotgan Jo Bayden qo‘llarida. Bu xoinlik, agar oqni oq, qorani qora desak.Respublikachilar allaqachon bundan saylovoldi kurashida kuzir sifatidan foydalanmoqda. Albatta, bu ham o‘ta orsizlik bo‘lib ko‘rinadi. Qurbonlar tanasi sovumay turib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishmoqda.Demokratlar o‘zlarini oqlashga urinishmoqda. Ular darhol Eron izini topishdi va bir paytning o‘zida aybni Rossiyaga ag‘darishdi. Go‘yoki rossiyalik harbiylar o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan amerika qurollarini Tehronga bermoqda, Tehron esa HAMAS jangchilariga yo‘llamoqda.Ammo Eron rasman ma’lum qildiki, Falastin guruhini hech qanday qo‘llab-quvvatlamayapti. Rossiyaning harbiylarining qurol-yarog‘larini berishi haqida gaplar ham mantiqqa zid, agar ularning o‘zi maxsus harbiy operatsiyaning qizg‘in pallasida bo‘lsa, o‘zlariga qurol lozim bo‘lsa. “Hamkorlar” hech qanday dalil tabiiyki taqdim etishmadi: faqat biz sevgan highly likely.AQShning o‘zida Eron iziga hech kim chindan ham ishonmaydi, ammo demokratlarning sotqinligini hamma ko‘rapti va Oq uyni botqoqlik ustida ko‘tarib turishibdi.“Bayden Isroilni sotdi, - deya jar solmoqda Donald Tramp. – Men shunchaki tushunmayman, yahudiylar yoki Isroilni yaxshi ko‘rganlar kabi – e’tirozchilar esa Isroilni rostdan ham yaxshi ko‘rishsa, - bugun demokratlar uchun ovoz berishlari mumkin”.Isroilning Yaqin Sharqdagi nodir ahvolining sababi shuki, uning ortida hamisha katta og‘asi – AQSh turgan. Ko‘chadagi janjallarda bezorilarga aytishadiku: “Hozir akamga telefon qilaman, u kelib, hammangni dodingni beradi”. Biroq hozir uzoq sinalgan sxemada qandaydir nosozlik yuzaga keldi. Aka yordamga kelmadi, boz ustiga u bezorilar bilan til topishib oldi.Yevropaliklar bu hodisaga diqqat bilan qarashlar darkor. Hozircha ular bariga Rossiya aybdor deb o‘zlarini ovutib turishibdi – hatto keskinlashgan Falastin-Isroil mojarosida. Biz bunga odatlanib bo‘lganmiz.Bilasizmi, ular HAMAS va Rossiya aloqasini qanday isbotlashmoqda? Axir hammasi 7-oktabr kuni boshlandi-ku – Putin tug‘ilgan kunida. Ajoyib, shunday emasmi? Hamma joyda rus izini topishga urinishadi.Biroq agar jiddiy gapiradigan bo‘lsak, kontrabanda bilan qurolni Ukrainadan Yaqin Sharqdan ko‘ra G‘arbiy Yevropaga olib o‘tish yanada osonroq. Mijozlar talaygina bo‘ladi – radikal islomchilar, radikal neofashistlar, har qanday fuqaroviy mojaroda pul ishlashni istaydigan jinoiy to‘dalar.YeIning qashshoqlashishi ijtimoiy davlatning barbod bo‘lishiga olib boradi. Yevropaga buning uchun kelgan millionlab migrantlar yordam pulini ajoyib kunlardan bir kun bekor qilishlari yoki qadrsizlantirishlari mumkin. Xo‘sh, o‘sha payt bu olomon nima qiladi, ularning o‘z oilalarini boqishga puli qolmaydi. Odatda Yevropadagi ommaviy namoyishlarni o‘ta shafqatsizlik bilan bostirishadi. Biroq bu gal namoyishchilarning qo‘lida o‘qotar qurol paydo bo‘lib qolsachi?Yevropaliklar haqiqatning ko‘ziga tik qarashga qo‘rqishadi: kontrabanda amerika miltiqlari ular hududida paydo bo‘lib qolishi ham mumkin. Yevropada keng ko‘lamli fuqarolar mojarosi ro‘y bergan taqdirda AQSh bajonu dil barcha tomonlarga qurol yetkazib beradi, biroq hatto qonuniy hukumatlarni himoya qilish uchun aralashish haqida o‘ylab ko‘rishmaydi.Agar ruslarni o‘ldirish uchun yetkazib berilayotgan G‘arb qurol-yarog‘i o‘z xo‘jayinlariga qaytib borsa va ularning o‘ziga qarshi o‘qtalsa, qandaydir bir oliy adolat bo‘ladi. Vashington hech narsani ko‘rmayotganday o‘zini tutadi. Ularning ittifoqchilar bilan muloqot qilish uslubi: bu biznes, boshqa hech narsa emas. Isroil uni aldashlariga yo‘l qo‘ymaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0b/39853643_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3538e139863ca6e8bf3cec1a84cd4121.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
isroil falastin mojaro aqsh yaqin sharq
isroil falastin mojaro aqsh yaqin sharq
AQSh Isroilni sotdi. Qolgan ittifoqchilar tayyorgarligini ko‘rsin
Bayden ma’muriyati ko‘plab ogohlantirishlarga qaramay, Yaqin Sharqdagi o‘zining eng yaqin va sodiq ittifoqchisining xavfsizligiga tupurib qo‘ydi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. HAMASning Isroilga hujumi vaqtida zo‘r taassurot qoldiradigan turli tuman qurol-yarog‘ namoyish etildi – avtomatlar, yarim avtomatlar, granatomotlar, tankka qarshi raketa komplekslari, har xil dronlar. Uch kun ichida Isroilga qarata 5 mingtacha raketa uchirildi. O‘z o‘zidan savol tug‘iladi – bu o‘tinchalar qaydan paydo bo‘ldi? Qurol-aslaha demoqchiydim.
Donald Trampning o‘g‘li falastinliklar qo‘lidagi avtomatlar Yaqin Sharq uchun odatiy bo‘lgan Kalashnikovlar emas, balki Amerikaning M4 lari ekaniga
e’tibor qaratdi. Kongress a’zosi respublikachi Marjori Teylor-Grin Pentagondan Amerika quroli qanday qilib hamaschilar qo‘lida paydo bo‘lib qolganini zudlik bilan surishtirishni
talab qildi.“Biz HAMAS tomonidan Isroilga qarshi qo‘llangan barcha AQSh qurollarining seriya raqamlarini kuzatish uchun Isroil bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Afg‘onistondan kelganmi? Ukrainadan kelganmi? Ikkalasi ham bo‘lishi ehtimoli katta”, - deb yozdi u o‘zining tvitterida.
Surishtiruv, albatta, o‘tkazilishi zarur – xalqaro tashkilotlar ukrainalik qurol-yarog‘ baronlari va ularning amerikalik yetkazib beruvchilari aloqalarini o‘rgansa bo‘lardi. Biroq, aslida, buning bari Ponishinel siri. Amerikaliklar Afg‘onistondan qochib ketayotib, u yerda milliard dollarlik qurol-yarog‘, jumladan, tank va vertolotlarni tashlab ketishdi. 2021-yildan buyon bu hammasi mintaqa bo‘ylab joylashgan. “Yaqin Sharq” nomli porox bochkasiga yonib turgan pilikni yaqinlashtirishdi.
O‘sha paytlardayoq, maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan ancha oldin, amerikaliklar nazoratsiz Ukrainani qurol-aslaha bilan ta’minlashdi. Natijada yirik qurol savdosining noqonuniy transchegaraviy markazini yaratishdi. Qora dengiz orqali O‘rta yer dengiziga yo‘l qisqa – mana endi bu qurol-yarog‘ Yaqin Sharqda qo‘llanilmoqda.
Isroilning o‘zida ham buni yaxshi tushunishardi va hatto xavotirlarini amerikalik do‘stlari bilan o‘rtoqlashishgan. Iyunda Isroil mudofaa armiyasi zobiti o‘z ismini oshkor qilmay, “mavzuning o‘ta nozikligini inobatga olib”, “Newsweek” jurnalistlariga intervyu berdi.
“Ochko‘zlik ukrainaparast bo‘linmalarning qurol-yarog‘ kontrabandasi bilan shug‘ullanishga undadi, - dedi isroillik harbiy. – Bu qurol-aslahalar “Hizbulloh” va HAMAS guruhlari qo‘liga tushishi mumkinligi bizni juda tashvishga soladi”.
Bularning bari g‘oyat xunuk ko‘rinadi. Demak, Bayden ma’muriyati ko‘plab ogohlantirishlarga qaramay, Yaqin Sharqdagi o‘zining eng yaqin va sodiq ittifoqchisining xavfsizligiga tupurib qo‘ydi. Qing‘ir-qiyshiq yo‘llar bilan G‘azo sektoriga tushgan amerika quroli bilan hozirgina ko‘plab isroillik harbiylar va tinch aholi, ayollar va bolalar o‘ldirildi. Bu insonlar qoni – qurib borayotgan Jo Bayden qo‘llarida. Bu xoinlik, agar oqni oq, qorani qora desak.
Respublikachilar allaqachon bundan saylovoldi kurashida kuzir sifatidan foydalanmoqda. Albatta, bu ham o‘ta orsizlik bo‘lib ko‘rinadi. Qurbonlar tanasi sovumay turib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishmoqda.
Demokratlar o‘zlarini oqlashga urinishmoqda. Ular darhol Eron izini topishdi va bir paytning o‘zida aybni Rossiyaga ag‘darishdi. Go‘yoki rossiyalik harbiylar o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan amerika qurollarini Tehronga bermoqda, Tehron esa HAMAS jangchilariga yo‘llamoqda.
Ammo Eron rasman ma’lum qildiki, Falastin guruhini hech qanday qo‘llab-quvvatlamayapti. Rossiyaning harbiylarining qurol-yarog‘larini berishi haqida gaplar ham mantiqqa zid, agar ularning o‘zi maxsus harbiy operatsiyaning qizg‘in pallasida bo‘lsa, o‘zlariga qurol lozim bo‘lsa. “Hamkorlar” hech qanday dalil tabiiyki taqdim etishmadi: faqat biz sevgan highly likely.
AQShning o‘zida Eron iziga hech kim chindan ham ishonmaydi, ammo demokratlarning sotqinligini hamma ko‘rapti va Oq uyni botqoqlik ustida ko‘tarib turishibdi.
“Bayden Isroilni sotdi, - deya jar solmoqda Donald Tramp. – Men shunchaki tushunmayman, yahudiylar yoki Isroilni yaxshi ko‘rganlar kabi – e’tirozchilar esa Isroilni rostdan ham yaxshi ko‘rishsa, - bugun demokratlar uchun ovoz berishlari mumkin”.
Isroilning Yaqin Sharqdagi nodir ahvolining sababi shuki, uning ortida hamisha katta og‘asi – AQSh turgan. Ko‘chadagi janjallarda bezorilarga aytishadiku: “Hozir akamga telefon qilaman, u kelib, hammangni dodingni beradi”. Biroq hozir uzoq sinalgan sxemada qandaydir nosozlik yuzaga keldi. Aka yordamga kelmadi, boz ustiga u bezorilar bilan til topishib oldi.
Yevropaliklar bu hodisaga diqqat bilan qarashlar darkor. Hozircha ular bariga Rossiya aybdor deb o‘zlarini ovutib turishibdi – hatto keskinlashgan Falastin-Isroil mojarosida. Biz bunga odatlanib bo‘lganmiz.
Bilasizmi, ular HAMAS va Rossiya aloqasini qanday isbotlashmoqda? Axir hammasi 7-oktabr kuni boshlandi-ku – Putin tug‘ilgan kunida. Ajoyib, shunday emasmi? Hamma joyda rus izini topishga urinishadi.
Biroq agar jiddiy gapiradigan bo‘lsak, kontrabanda bilan qurolni Ukrainadan Yaqin Sharqdan ko‘ra G‘arbiy Yevropaga olib o‘tish yanada osonroq. Mijozlar talaygina bo‘ladi – radikal islomchilar, radikal neofashistlar, har qanday fuqaroviy mojaroda pul ishlashni istaydigan jinoiy to‘dalar.
YeIning qashshoqlashishi ijtimoiy davlatning barbod bo‘lishiga olib boradi. Yevropaga buning uchun kelgan millionlab migrantlar yordam pulini ajoyib kunlardan bir kun bekor qilishlari yoki qadrsizlantirishlari mumkin. Xo‘sh, o‘sha payt bu olomon nima qiladi, ularning o‘z oilalarini boqishga puli qolmaydi. Odatda Yevropadagi ommaviy namoyishlarni o‘ta shafqatsizlik bilan bostirishadi. Biroq bu gal namoyishchilarning qo‘lida o‘qotar qurol paydo bo‘lib qolsachi?
Yevropaliklar haqiqatning ko‘ziga tik qarashga qo‘rqishadi: kontrabanda amerika miltiqlari ular hududida paydo bo‘lib qolishi ham mumkin. Yevropada keng ko‘lamli fuqarolar mojarosi ro‘y bergan taqdirda AQSh bajonu dil barcha tomonlarga qurol yetkazib beradi, biroq hatto qonuniy hukumatlarni himoya qilish uchun aralashish haqida o‘ylab ko‘rishmaydi.
Agar ruslarni o‘ldirish uchun yetkazib berilayotgan G‘arb qurol-yarog‘i o‘z xo‘jayinlariga qaytib borsa va ularning o‘ziga qarshi o‘qtalsa, qandaydir bir oliy adolat bo‘ladi. Vashington hech narsani ko‘rmayotganday o‘zini tutadi. Ularning ittifoqchilar bilan muloqot qilish uslubi: bu biznes, boshqa hech narsa emas. Isroil uni aldashlariga yo‘l qo‘ymaydi.