https://oz.sputniknews.uz/20231011/antarktida-muz-miqdori-rekord-darajaga-tushdi-39834026.html
Antarktidadagi muz miqdori rekord darajaga tushdi
Antarktidadagi muz miqdori rekord darajaga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Kuzatishlarning butun tarixi davomida Antarktida muzlik darajasi rekord darajada past natija qayd etdi. 11.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-11T11:50+0500
2023-10-11T11:50+0500
2023-10-11T13:53+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
arktika
muz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0b/39837553_0:194:2952:1855_1920x0_80_0_0_5db18bc398ee19b93f6823a99d3681f9.jpg
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Antarktida rekord darajadagi muz qoplamining past miqdori kuzatilmoqda. Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot instituti ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarim sharda esa bahor boshlandi. Bu shuni anglatadiki, hozirda Antarktidada muz qoplamining maksimal rivojlanish davri, Arktikada esa aksincha, muzning maksimal erishi va buzilishi davri mavjud.Institut olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil qish mavsumida Antarktida muz qoplamining maydoni nihoyatda kichik bo‘lib, 19,04 million kvadrat kilometrni tashkil etgan. Bu kuzatuvning barcha yillari uchun rekord darajada past bo‘lib, odatdagidan 1,4 million kvadrat kilometr yoki 7,5 foizga kam.Arktikada yozning birinchi yarmida muz qoplami juda sekin erib, qulab tushdi, ammo avgust oyidan boshlab muzning qulash jarayonlari ancha tez boshlandi.Yozgi erish natijasida muz maydoni 2023-yil sentabrholatiga ko‘ra 4,3 million kvadrat kilometrgacha qisqardi, bu odatdagidan 27 foizga kam. Arktika muzlari darajasi faqat 2012, 2019 va 2020-yillarda sezilarli darajada kamaygan.
arktika
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0b/39837553_111:0:2842:2048_1920x0_80_0_0_798d95cbffb6511fab125cad62378615.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, arktika, muz
dunyoda, dunyo yangiliklari, arktika, muz
Antarktidadagi muz miqdori rekord darajaga tushdi
11:50 11.10.2023 (yangilandi: 13:53 11.10.2023) Kuzatishlarning butun tarixi davomida Antarktida muzlik darajasi rekord darajada past natija qayd etdi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Antarktida rekord darajadagi muz qoplamining past miqdori kuzatilmoqda. Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot instituti ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Qish oxirida Antarktida rekord darajadagi muz qoplamining past miqdori kuzatilmoqda. Arktikada joriy yil 40-yillik kuzatuvlar seriyasi bo‘yicha yozgi minimumlar reytingida 4-o‘rinni egalladi”, — deyiladi hisobotda.
Shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarim sharda esa bahor boshlandi. Bu shuni anglatadiki, hozirda Antarktidada muz qoplamining maksimal rivojlanish davri, Arktikada esa aksincha, muzning maksimal erishi va buzilishi davri mavjud.
Institut olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil qish mavsumida Antarktida muz qoplamining maydoni nihoyatda kichik bo‘lib, 19,04 million kvadrat kilometrni tashkil etgan. Bu kuzatuvning barcha yillari uchun rekord darajada past bo‘lib, odatdagidan 1,4 million kvadrat kilometr yoki 7,5 foizga kam.
Arktikada yozning birinchi yarmida muz qoplami juda sekin erib, qulab tushdi, ammo avgust oyidan boshlab muzning qulash jarayonlari ancha tez boshlandi.
Yozgi erish natijasida muz maydoni 2023-yil sentabrholatiga ko‘ra 4,3 million kvadrat kilometrgacha qisqardi, bu odatdagidan 27 foizga kam. Arktika muzlari darajasi faqat 2012, 2019 va 2020-yillarda sezilarli darajada kamaygan.