https://oz.sputniknews.uz/20231011/ahmad-yassaviy-biografiya-39814020.html
Ahmad Yassaviy — biografiya
Ahmad Yassaviy — biografiya
Sputnik O‘zbekiston
Xoja Ahmad Yassaviy – tasavvuf ilmining buyuk namoyondasi, “Yassaviy” tariqasining asoschisi, turkiy she’riyatining yirik vakillaridan biridir. Yassaviy hikmatlaridagi asosiy o‘rinni pand-nasihat egallaydi. Hikmatlarning barchasida so‘fiylik tariqatining asoslari - haqiqatni bilish, Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgan. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina inson axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida ta’kidlanadi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechish demakdir. Nafs-ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi.
2023-10-11T14:25+0500
2023-10-11T14:25+0500
2023-10-11T14:34+0500
biografiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0a/39816214_0:69:200:182_1920x0_80_0_0_d25736bc933fbe2822aeff7bb3f026de.jpg
Ahmad Yassaviy hayotiAhmad Yassaviy 1103-yilda Sarom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida dunyoga keladi. Keyinchalik u o‘z ona yurtini asarlarida “Ul muborak Turkiston” deb tilga oladi. Yassaviy tug‘ilganidan so‘ng, ko‘p o‘tmay onasi – Muso Shayxning qizi Oysha xotun olamdan o‘tadi. Yetti yoshida esa otasi vafot etadi. Kichik Ahmadning tarbiyasi opasi Gavhar Shahnoz zimmasiga tushadi.Opasi bilan Yassi shahriga ko‘chib o‘tishgach, Ahmad dastlabki ta’limotni Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfijobiydan oladi. So‘ngra u yerdagi bir qator tolibi ilmlar kabi Arslon bobo qo‘lida tarbiya va tahsil oladi. Aynan shu shaharda Yassaviy botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtiradi. O‘sha zamonlarda Movarounnahrning ilm-ma’rifat markazlaridan bo‘lgan Buxoroda ko‘plab turkistonlik toliblar yig‘ilishgan. Ustozi Arslon bobo ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga yo‘l oladi.Buxoroda arab, fors tillarini o‘rganish bilan bir qatorda, forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Baqriy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslahat bo‘lib, davrning eng peshqadam olimi va so‘fiysi Shayx Hamadoniy muridlari qatoridan joy oladi. Shayx Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganadi, ilm-u saboqlaridan bahramand bo‘ladi. Ahmadning o‘zi “Ustoz Yusuf Hamadoniy huzuriga 23 yoshida borganini va ul Hazratning tarbiyasiga noil bo‘lg‘onligini” aytadi. U o‘z ustozining eng ishongan va e’tiborli xalifalaridan edi. Sharqshunos olim Orif Usmonning ma’lumotlariga ko‘ra, Abdulholiq G‘ijduvoniy kunlardan bir kuni Yusuf Hamadoniydan shogirdlarining taqdiri xaqida so‘zlab berishni iltimos qilgan. Shunda ustoz “Mening asl halifalarim avval Ho‘ja Abdullo Bakriy, so‘ngra Ho‘ja Xasan Andoqiy, undan so‘ng Xoja Ahmad Yassaviydir. Xoja Ahmad Yassaviy o‘z navbati bilan halifalik qilganidan keyin bir oz vaqt o‘tgach, o‘z vatani Turkistonga ketadi. So‘ngra uning o‘rniga sen halifalik qilasan” – degan ekan. Voqealar ustoz Yusuf Hamadoniy aytganidek sodir bo‘lib, keyinchalik Buxorodan o‘z yurti Yassiga qaytgan Ahmad madrasa va honaqo qurdirib, o‘z atrofiga ko‘plab shogirdlarni to‘playdi.Ahmad Yassaviy tarbiyalab yetishtirgan shogirdlar Mansur bobo (Arslon boboning o‘g‘li), Abul Malik Oto Tosh Ho‘ja (Zangi boboning otasi), Hakim Oto (Sulaymon Boqirgoniy), Zangi Oto va boshqa ko‘plab tolibi ilmlardir. U o‘zi asos solgan “Yassaviya” tariqatini o‘z shogirdlari orqali Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she’rlaridan, hikmatlaridan foydalanadi.Ahmad Yassaviyning vafoti turli yozma manbalarda hijriy 562 (milodiy 1166-67) yil deb aniq ko‘rsatiladi. Orif Usmon: “Rivoyatlarga ko‘ra, Yassaviy 63 yoshga (payg‘ambar yoshiga) yetgach, yer ostida hujra yasatib, “chilla”ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozat chekib, yer ostida o‘tkazgan”, deb ta’kidlaydi. Bu rivoyatga ko‘ra 125-yil, yana boshqa bir rivoyatga qaraganda 133-yil umr ko‘rib, hijriy 562-yilda vafot etgan. Umuman olganda, Yassaviyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar juda kam va u har tomonlama chuqur o‘rganilmagan.Yassaviy hikmatlariUlug‘ mutafakkirning juda chuqur va boy mazmunga ega bo‘lgan “Devoni hikmat” asaridagi so‘fiylik, Yassaviyning falsafiy dunyoqarashi o‘zining butun borlig‘i bilan o‘quvchining diqqatini rom etadi. Uning o‘zi “Devoni hikmat” nomi bilan biror bir kitob yozmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan yig‘ilib, tartib berilgan.“Devoni hikmat”da ilohiy ishq va oshiqlik, ma’rifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari samimiy va ta’sirli ohanglarda yetkazib berilgan. Uning fikricha, “Haqning so‘zini emas, o‘zini bilish” asosiy vazifadir. Shuning uchun donishmand bu dunyo rohatini qidiradigan so‘fiy – so‘fiy emas, toat-ibodat qilib, halollik va poklikni targ‘ib etib, dunyoning g‘am-g‘ussasini chekib, xalq tashvishi bilan yashagan insongina haqiqiy so‘fiydir, deydi.Asarning boshidan yakuniga qadar ulug‘vor insoniy fazilatlar: kamtarinlik, mehr-muhabbat, ishq, sadoqat, haqiqat, adolat, hurfikrlik, insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtayi nazardan olqishlanadi. Va aksincha, joxillik, nodonlik, yomonlik, savodsizlik, haqsizlik, adolatsizlik, molparastlik kabi illatlar qoralanadi. Bunday xislatga ega bo‘lgan insonlar insof diyonatga chaqiriladi.Uning fikricha, insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishlari, hasadgo‘y bo‘lmasligi, shu bilan bir qatorda o‘z mol-davlatiga ishonib yashamaslik kerakligi, bu dunyo hammadan qolishi aytiladi:Beshak biling bu dunyo barcha eldan o‘taro,Inonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan ketaro.Ota-ona, qarindosh qayon ketdi fikr qilTo‘rt oyoqlik cho‘bim ot bir kun senga yetaro.Dunyo uchun g‘am yema, Haqdin o‘zgani dema,O‘zgalar molin yema, Sirot uzra tutaro.Ahli ayol, qarindosh, xech kim bo‘lmaydi yo‘ldosh,Mardona bo‘l g‘arib bosh, umring yeldek o‘taro.Qul Ho‘ja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil,Asling bilsang qaro gil, yana gilga ketaro.Uning nuqtayi nazarida hikmat – “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g‘aybu haloyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega.Yassaviy hikmatlarining asosiy mavzusiYassaviy hikmatlaridagi asosiy o‘rinni pand-nasihat egallaydi. Hikmatlarning barchasida so‘fiylik tariqatining asoslari - haqiqatni bilish, Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgan. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina inson axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida ta’kidlanadi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechish demakdir. Nafs-ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori qanoat sanaladi. Inson Haqni "ko‘rish"ga yetishish uchun oziga qanoat qilishi, shukronalik bildirishi, halol luqma yeyishi lozim. Nafsga mute’ bo‘lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg‘on,Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yi sung‘onYaxshilarga xizmat qilib duo olg‘on,Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q.Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg‘on,Bu gumrohdin so‘rmang savol, yo‘lda qolgan,Haqni topgan o‘zi pinhon, so‘zi pinhonUl sababdan oltmish uchda kirdim yerga.Banda bo‘lsang mehnat tortg‘il g‘ofil odam,Oqil ersang g‘animatdur senga shul damOmonatdir aziz joning yurma beg‘am,Eshitib o‘qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.Alisher Navoiy Yassaviy to‘g‘risida “Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoniy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida yermish”, - deydi. Bu fikr Yassaviyning Turkistonga qaytib, yangi tariqatga asos solgan murshid sifatida tanilgan davrlariga tegishli. Movarounnahrda "Yassaviya" tariqatidan keyin ikki yirik tariqat paydo bo‘lgan. Birinchisi — "Naqshbandiya", ikkinchisi — "Bektoshiya". Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo‘lgani kabi “Yassaviya” tariqatida ham o‘z qoidalari (odoblari) mavjud.Yuqorida bayon etilgan fikrlardan tushunamizki, Xoja Ahmad Yassaviy nafaqat Xuroson va Movarounnahr, balki turkiyzabon xalqlarning ma’naviy tarixida keng ma’lum bo‘lgan mutasavvuf donishmand, ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydigan insonparvar shoir bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0a/39816214_0:50:200:200_1920x0_80_0_0_6abd33d161354de75eed1227d3d597ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ahmad yassaviy — biografiya ahmad yassaviy hayoti yassaviy hikmatlari yassaviy hikmatlarining asosiy mavzusi referat insho
ahmad yassaviy — biografiya ahmad yassaviy hayoti yassaviy hikmatlari yassaviy hikmatlarining asosiy mavzusi referat insho
Ahmad Yassaviy — biografiya
14:25 11.10.2023 (yangilandi: 14:34 11.10.2023) Xoja Ahmad Yassaviy – tasavvuf ilmining buyuk namoyondasi, “Yassaviy” tariqasining asoschisi, turkiy she’riyatining yirik vakillaridan biridir.
Ahmad Yassaviy 1103-yilda Sarom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida dunyoga keladi. Keyinchalik u o‘z ona yurtini asarlarida “Ul muborak Turkiston” deb tilga oladi. Yassaviy tug‘ilganidan so‘ng, ko‘p o‘tmay onasi – Muso Shayxning qizi Oysha xotun olamdan o‘tadi. Yetti yoshida esa otasi vafot etadi. Kichik Ahmadning tarbiyasi opasi Gavhar Shahnoz zimmasiga tushadi.
Opasi bilan Yassi shahriga ko‘chib o‘tishgach, Ahmad dastlabki ta’limotni Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfijobiydan oladi. So‘ngra u yerdagi bir qator tolibi ilmlar kabi Arslon bobo qo‘lida tarbiya va tahsil oladi. Aynan shu shaharda Yassaviy botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtiradi. O‘sha zamonlarda Movarounnahrning ilm-ma’rifat markazlaridan bo‘lgan Buxoroda ko‘plab turkistonlik toliblar yig‘ilishgan. Ustozi Arslon bobo ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga yo‘l oladi.
Buxoroda arab, fors tillarini o‘rganish bilan bir qatorda, forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Baqriy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslahat bo‘lib, davrning eng peshqadam olimi va so‘fiysi Shayx Hamadoniy muridlari qatoridan joy oladi. Shayx Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganadi, ilm-u saboqlaridan bahramand bo‘ladi. Ahmadning o‘zi “Ustoz Yusuf Hamadoniy huzuriga 23 yoshida borganini va ul Hazratning tarbiyasiga noil bo‘lg‘onligini” aytadi. U o‘z ustozining eng ishongan va e’tiborli xalifalaridan edi. Sharqshunos olim Orif Usmonning ma’lumotlariga ko‘ra, Abdulholiq G‘ijduvoniy kunlardan bir kuni Yusuf Hamadoniydan shogirdlarining taqdiri xaqida so‘zlab berishni iltimos qilgan. Shunda ustoz “Mening asl halifalarim avval Ho‘ja Abdullo Bakriy, so‘ngra Ho‘ja Xasan Andoqiy, undan so‘ng Xoja Ahmad Yassaviydir. Xoja Ahmad Yassaviy o‘z navbati bilan halifalik qilganidan keyin bir oz vaqt o‘tgach, o‘z vatani Turkistonga ketadi. So‘ngra uning o‘rniga sen halifalik qilasan” – degan ekan. Voqealar ustoz Yusuf Hamadoniy aytganidek sodir bo‘lib, keyinchalik Buxorodan o‘z yurti Yassiga qaytgan Ahmad madrasa va honaqo qurdirib, o‘z atrofiga ko‘plab shogirdlarni to‘playdi.
Ahmad Yassaviy tarbiyalab yetishtirgan shogirdlar Mansur bobo (Arslon boboning o‘g‘li), Abul Malik Oto Tosh Ho‘ja (Zangi boboning otasi), Hakim Oto (Sulaymon Boqirgoniy), Zangi Oto va boshqa ko‘plab tolibi ilmlardir. U o‘zi asos solgan “Yassaviya” tariqatini o‘z shogirdlari orqali Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she’rlaridan, hikmatlaridan foydalanadi.
Ahmad Yassaviyning vafoti turli yozma manbalarda hijriy 562 (milodiy 1166-67) yil deb aniq ko‘rsatiladi. Orif Usmon: “Rivoyatlarga ko‘ra, Yassaviy 63 yoshga (payg‘ambar yoshiga) yetgach, yer ostida hujra yasatib, “chilla”ga kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, qimmatli hikmatlar yozib, riyozat chekib, yer ostida o‘tkazgan”, deb ta’kidlaydi. Bu rivoyatga ko‘ra 125-yil, yana boshqa bir rivoyatga qaraganda 133-yil umr ko‘rib, hijriy 562-yilda vafot etgan. Umuman olganda, Yassaviyning tarjimai holiga doir ma’lumotlar juda kam va u har tomonlama chuqur o‘rganilmagan.
Ulug‘ mutafakkirning juda chuqur va boy mazmunga ega bo‘lgan “Devoni hikmat” asaridagi so‘fiylik, Yassaviyning falsafiy dunyoqarashi o‘zining butun borlig‘i bilan o‘quvchining diqqatini rom etadi. Uning o‘zi “Devoni hikmat” nomi bilan biror bir kitob yozmagan. Ushbu nodir asar uning murid va izdoshlari tomonidan yig‘ilib, tartib berilgan.
“Devoni hikmat”da ilohiy ishq va oshiqlik, ma’rifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari samimiy va ta’sirli ohanglarda yetkazib berilgan. Uning fikricha, “Haqning so‘zini emas, o‘zini bilish” asosiy vazifadir. Shuning uchun donishmand bu dunyo rohatini qidiradigan so‘fiy – so‘fiy emas, toat-ibodat qilib, halollik va poklikni targ‘ib etib, dunyoning g‘am-g‘ussasini chekib, xalq tashvishi bilan yashagan insongina haqiqiy so‘fiydir, deydi.
Asarning boshidan yakuniga qadar ulug‘vor insoniy fazilatlar: kamtarinlik, mehr-muhabbat, ishq, sadoqat, haqiqat, adolat, hurfikrlik, insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtayi nazardan olqishlanadi. Va aksincha, joxillik, nodonlik, yomonlik, savodsizlik, haqsizlik, adolatsizlik, molparastlik kabi illatlar qoralanadi. Bunday xislatga ega bo‘lgan insonlar insof diyonatga chaqiriladi.
Uning fikricha, insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishlari, hasadgo‘y bo‘lmasligi, shu bilan bir qatorda o‘z mol-davlatiga ishonib yashamaslik kerakligi, bu dunyo hammadan qolishi aytiladi:
Beshak biling bu dunyo barcha eldan o‘taro,
Inonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh qayon ketdi fikr qil
To‘rt oyoqlik cho‘bim ot bir kun senga yetaro.
Dunyo uchun g‘am yema, Haqdin o‘zgani dema,
O‘zgalar molin yema, Sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh, xech kim bo‘lmaydi yo‘ldosh,
Mardona bo‘l g‘arib bosh, umring yeldek o‘taro.
Qul Ho‘ja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil, yana gilga ketaro.
Uning nuqtayi nazarida hikmat – “ilmi laduniy”, ya’ni ilmi g‘aybu haloyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ham ega.
Yassaviy hikmatlarining asosiy mavzusi
Yassaviy hikmatlaridagi asosiy o‘rinni pand-nasihat egallaydi. Hikmatlarning barchasida so‘fiylik tariqatining asoslari - haqiqatni bilish, Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g‘oyalar o‘z aksini topgan. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina inson axloqida ko‘zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida ta’kidlanadi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechish demakdir. Nafs-ochko‘zlik, o‘g‘rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori qanoat sanaladi. Inson Haqni "ko‘rish"ga yetishish uchun oziga qanoat qilishi, shukronalik bildirishi, halol luqma yeyishi lozim. Nafsga mute’ bo‘lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg‘on,
Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yi sung‘on
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg‘on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q.
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg‘on,
Bu gumrohdin so‘rmang savol, yo‘lda qolgan,
Haqni topgan o‘zi pinhon, so‘zi pinhon
Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga.
Banda bo‘lsang mehnat tortg‘il g‘ofil odam,
Oqil ersang g‘animatdur senga shul dam
Omonatdir aziz joning yurma beg‘am,
Eshitib o‘qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.
Alisher Navoiy Yassaviy to‘g‘risida “Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoniy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gadoning irodat va ixlosi ostonida yermish”, - deydi. Bu fikr Yassaviyning Turkistonga qaytib, yangi tariqatga asos solgan murshid sifatida tanilgan davrlariga tegishli. Movarounnahrda "Yassaviya" tariqatidan keyin ikki yirik tariqat paydo bo‘lgan. Birinchisi — "Naqshbandiya", ikkinchisi — "Bektoshiya". Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo‘lgani kabi “Yassaviya” tariqatida ham o‘z qoidalari (odoblari) mavjud.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan tushunamizki, Xoja Ahmad Yassaviy nafaqat Xuroson va Movarounnahr, balki turkiyzabon xalqlarning ma’naviy tarixida keng ma’lum bo‘lgan mutasavvuf donishmand, ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydigan insonparvar shoir bo‘lgan.