https://oz.sputniknews.uz/20231010/yol-harakati-qoidalariga-skuter-va-elektrosamokatga-oid-qoshimcha-kiritilishi-mumkin-39804509.html
Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatga oid qo‘shimcha kiritilishi mumkin
Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatga oid qo‘shimcha kiritilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Individual harakatlanish vositalari (IHV) - odamning individual harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bir yoki bir nechta g‘ildiraklari (roliklari) bo‘lgan transport vositasi. Bular: elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar. Agar qo‘shimchalar kiritilishi ma’qullansa, skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi. Skuterni boshqarish uchun A toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
2023-10-10T12:53+0500
2023-10-10T12:53+0500
2023-10-10T13:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37357231_0:211:3071:1938_1920x0_80_0_0_697ddf0e2df8c7a788ebe6914a9cd1af.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Yo‘l harakati qoidalariga (YHQ) individual harakatlanish vositalari va skuter tushunchalariga ta’rif berish va ularning qaysi toifadagi transport vositasi turiga kirishiga aniqlik kiritish taklif qilinmoqda. Tegishli qonun loyihasini IIV jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan. Individual harakatlanish vositalari (IHV) - odamning individual harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bir yoki bir nechta g‘ildiraklari (roliklari) bo‘lgan transport vositasi. Bular: elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar.IHVni boshqaradigan shaxslar trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan soatiga 6 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning o‘ng chetki qismida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda harakatlanishi kerak.14 yoshdan kichik shaxslarning IHVda haraqatlanishi (yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno) taqiqlanadi.Skuter – konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan, dvigatelining ish hajmi 25 sm3dan (ichki yonuv dvigateli bo‘lganda) yuqori, shuningdek nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli mexanik transport vositasi.Xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan tritsikllar va kvadritsikllar, shuningdek, yo‘lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalar ham skuterlarga tenglashtiriladi.Agar qo‘shimchalar kiritilishi ma’qullansa, skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi. Skuterni boshqarish uchun A toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37357231_385:130:2856:1983_1920x0_80_0_0_00348890dcb9c01358e4876299e18f2f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yo‘l harakati qoidalari skuter elektrosamokat
yo‘l harakati qoidalari skuter elektrosamokat
Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatga oid qo‘shimcha kiritilishi mumkin
12:53 10.10.2023 (yangilandi: 13:19 10.10.2023) Skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi. Skuterni boshqarish uchun A toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Yo‘l harakati qoidalariga (YHQ) individual harakatlanish vositalari va skuter tushunchalariga ta’rif berish va ularning qaysi toifadagi transport vositasi turiga kirishiga aniqlik kiritish taklif qilinmoqda. Tegishli qonun loyihasini IIV jamoatchilik muhokamasiga
qo‘ygan. Individual harakatlanish vositalari (IHV) - odamning individual harakatlanishi uchun mo‘ljallangan bir yoki bir nechta g‘ildiraklari (roliklari) bo‘lgan transport vositasi. Bular: elektrosamokat, elektr skeytbordlar, segveylar, unitsikllar, monog‘ildirak va boshqa shunga o‘xshash vositalar.
IHVni boshqaradigan shaxslar trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, piyoda va velosiped yo‘lkalaridan soatiga 6 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda, ular bo‘lmaganda esa yo‘lning o‘ng chetki qismida soatiga 20 kilometr tezlikdan yuqori bo‘lmagan holatda harakatlanishi kerak.
14 yoshdan kichik shaxslarning IHVda haraqatlanishi (yopiq hududlarda boshqarish bundan mustasno) taqiqlanadi.
Skuter – konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan, dvigatelining ish hajmi 25 sm3dan (ichki yonuv dvigateli bo‘lganda) yuqori, shuningdek nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli mexanik transport vositasi.
Xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan tritsikllar va kvadritsikllar, shuningdek, yo‘lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalar ham skuterlarga tenglashtiriladi.
Agar qo‘shimchalar kiritilishi ma’qullansa, skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart bo‘ladi. Skuterni boshqarish uchun A toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.