Toshkentning ayrim ko‘chalari avtomobil harakati uchun yopildi — manzillar

© Sputnik/Abdubakir YunusovPerekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente.
Perekritie dvijenie avtomobilnoy dorogi v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Yashnobod tumanida tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari yo‘l qatnovining ma’lum qismi yopilgan holda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Toshkentning Yashnobod tumanidagi ayrim ko‘chalar avtomobil harakati uchun yopildi, deya xabar berdi shahar hokimligi.
Yashnobod tumanida tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari yo‘l qatnovining ma’lum qismi yopilgan holda o‘tkaziladi.
“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi 10-oktabrdan 30-oktabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida ayrim ko‘chalar bo‘ylab avtomobil yo‘l qatnovining ma’lum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlarini olib boradi.
Quyidagi ko‘chalarda quvurlar o‘kaziladi:
Ashrafi va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha - diametri 600 mm va uzunligi 60 m quvurlar almashtiriladi.
Avtomobil qatnov yo‘li Ashrafi va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi.
Mazkur ishlar issiq suv ta’minoti iste’molchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0