Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya kuchlari Doneskning Torskoe hududidagi ko‘prikka zarba berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishFrontovoy bombardirovshik Su-34. Arxivnoe foto
Frontovoy bombardirovshik Su-34. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Ayerokosmik kuchlarning havo guruhi Donesk Xalq Respublikasining (DXR) Torskoe hududidagi avtomobil ko‘prigiga hujum qildi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya Havo-kosmik kuchlarining taktik havo guruhi Krasniy Liman yo‘nalishidagi Torskoe hududidagi avtomobil ko‘prigiga zarba berdi. Bu haqda “Markaz” guruhi matbuot markazi rahbari Aleksandr Savchuk RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Taktik aviatsiya guruhi Donesk Xalq Respublikasining Torskoe qishlog‘i hududidagi avtomobil ko‘prigi va Ukraina Qurolli kuchlarining vaqtincha joylashgan uchta punktga zarbalar berdi”, — dedi u.
Savchukning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya harbiylari Ukraina armiyasining 63-mexanizatsiyalashgan brigadasi va “Azov”* 12-maxsus kuchlarining oltita hujumini bartaraf etgan va qaytargan. Ukraina 60 nafarga yaqin harbiy xizmatchi va ikkita zirhli texnikasini yo‘qotgan.
Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, RIA Novostiga Markaziy harbiy okrugining Mi-35M transport va jangovar vertolotlari ekipajlari Krasniy Liman yo‘nalishida Ukraina qo‘shinlarining tayanch nuqtasini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0