https://oz.sputniknews.uz/20231010/ozbekistonda-maktabgacha-talim-sifatini-baholash-boshlandi-39810631.html
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sifatini baholash boshlandi — tafsilotlar
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sifatini baholash boshlandi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
“MELQO” xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.
2023-10-10T14:44+0500
2023-10-10T14:44+0500
2023-10-10T14:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktabgacha ta’lim
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37320328_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_538c4cab9e29ac4a8939318f25210742.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida 9-oktabrdan boshlab ilk bor “MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi xabar berdi.“MELQO” xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha 2014-yilda YuNESKO, YuNICEF, Brukings instituti va Jahon banki tashabbusi bilan boshlangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1c/37320328_142:121:1136:866_1920x0_80_0_0_b82f23f41831cb628ac38b95cb25b8cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston maktabgacha ta’lim
o‘zbekiston maktabgacha ta’lim
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sifatini baholash boshlandi — tafsilotlar
14:44 10.10.2023 (yangilandi: 14:49 10.10.2023) “MELQO” xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida 9-oktabrdan boshlab ilk bor “MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi
xabar berdi. “Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinadi”, - deyiladi xabarda.
“MELQO” xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha 2014-yilda YuNESKO, YuNICEF, Brukings instituti va Jahon banki tashabbusi bilan boshlangan.