O‘zbekiston zilziladan jabr chekkan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami yubordi — video

© AP Photo / Omid HaqjooAfg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Yordam yuki Boeing-747 yuk samolyotida Hirot shahriga yetkazib berildi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yubordi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Bugun O‘zbekiston zilziladan jabr chekkan qo‘shni Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Insonparvarlik yordami O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev boshchiligida yetkazildi.

"Yuborilgan yordam yuki tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari: un, bug‘doy, yog‘, makaron, go‘sht mahsulotlari, guruch, shakar; chodir va odeyallar, shuningdek birlamchi tibbiy yordam uchun zaruriy barcha vositalar bor", — deyiladi xabarda.

Yordam yuki My Freighter aviakompaniyasining Boeing-747 yuk samolyotida Hirot shahriga yetkazib berildi.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2023
TIV Afg‘onistondagi zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0