Ozarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiOzarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda
Ozarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Ozarbayjon sog‘liqni saqlash dekadasi doirasida ozarbayjonlik bir guruh malakali mutaxassislar Sirdaryoga tashrif buyurdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Ozarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
O‘zbekiston-Ozarbayjon sog‘liqni saqlash dekadasi doirasida ozarbayjonlik bir guruh malakali mutaxassislar Sirdaryoga tashrif buyurdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali hamda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ozarbayjonlik va sirdaryolik shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil etldi.
Bemorlarning salomatlik ko‘rsatkichlari o‘rganildi hamda yuqori texnologiyalarga asoslangan murakkab amaliyotlar o‘tkazildi.
© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiOzarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda
Azerbaydjanskie i uzbekskie vrachi provodat sovmestnie operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Ozarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda

"Bu yerga tashrifimizdan oldin Samarqand va Jizzaxda bo‘lib, dekada doirasida tibbiy ko‘rik va yuqori texnologiyaga asoslangan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bo‘lsak, bugun Sirdaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida tibbiy ko‘rik tashkil etib, 30 dan oshiq bemor bolalarni salomatlik bilan bog‘liq muammolarini o‘rgandik, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berdik. Siydik yo‘llarida tug‘ma nuqsoni bor bemor bolalardan 4 nafarida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdik", — dedi Ozarbayjon meditsina universiteti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri Ramiz Toluxov.

Aytilishicha, hozir bemor bolalarning ahvoli yaxshi, ular shifokorlar nazorati ostida davo muolajalarini olmoqda.
© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiOzarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda
Azerbaydjanskie i uzbekskie vrachi provodat sovmestnie operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Ozarbayjonlik shifokorlar Sirdaryoda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda
Tashrifning ilk kunida sirdaryolik oftalmologlar hamrohligida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda 30 dan ziyod bemorni ko‘z sohasi bilan bog‘liq muammosini o‘rganildi.
Ozarbayjon Oftalmologiya milliy markazi glaukoma bo‘limi boshlig‘i Magerram Pirmetovning so‘zlariga ko‘ra, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, qaysi bemorga konservativ, qaysi bemorga esa operativ davo muolajalari zarurligi muhokama qilindi.
Konservativ davo muolajasiga muhtoj bemorlar uchun maslahat va tavsiya berildi, operativ davo muolajalariga muhtoj bemorlardan 6 nafarida katarakta, 5 nafarida glaukoma va pitraki kasalligi bilan bog‘liq yuqori texnologiyali, mikrojarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0