Ommaviy tadbirlar toifalari aniqlashtirildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie Navruza v parke "Yangi Uzbekiston". Arxivnoe foto
Prazdnovanie Navruza v parke Yangi Uzbekiston. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ommaviy tadbirlar toifalari aniqlashtirildi. Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Hujjat Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligining ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini aniq belgilab berish maqsadida qabul qilingan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga quyidagilarni o‘z ichiga olgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
ommaviy tadbirlarni, ularning ahamiyati, ko‘lami va ular o‘tkaziladigan hududga bog‘liq holda alohida, birinchi va ikkinchi toifalardagi tadbirlarga bo‘linishini belgilash;
xususan, quyidagi ommaviy tadbirlar alohida toifadagi ommaviy tadbirlar jumlasiga kiradi: Yangi yil, Navro‘z bayrami, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Qurbon hayiti va boshqa bayramlar, ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish, umumta’lim maktablarida o‘quv yilining boshlanishi va tugashiga bag‘ishlangan, saylov va referendumlarni o‘tkazish bilan bog‘liq, shuningdek, xalqaro hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar hamda futbol bo‘yicha xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar;
ichki ishlar organlari huzuridagi ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish, shuningdek, ularning tarkibi, maqomi va vakolatlarini belgilash;
alohida va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlashni ichki ishlar organlari, birinchi toifadagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda — Milliy gvardiya zimmasiga yuklash.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023-yil 7-oktabrdan kuchga kirdi.
Yangiliklar lentasi
0