Endi Mudofaa vazirligidan psixologik maslahatlar olish mumkin — qisqa raqam

© Agentstvo razvitiya gosudarstvennoy slujbi pri Prezidente Respubliki UzbekistanKoll-sentr. Illyustrativnoe foto
Koll-sentr. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Bugundan Mudofaa vazirligida "Call-center" bo‘linmasi o‘z faoliyatini boshladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Mudofaa vazirligi tizimida psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha "Call-center" bo‘linmasi tashkil etildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Bugundan Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi tarkibida sinov tariqasida psixologik yordam ko‘rsatish "Call-center" bo‘linmasi o‘z faoliyatini boshladi.
"Endi 13 57 qisqa raqamlari orqali harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar xizmatchilari va ularning oila a’zolari, shuningdek, fuqarolar ham mutaxassislardan psixologik maslahatlar olishi mumkin", — deyiladi xabarda.
Ushbu qisqa raqamlarga barcha shahar, mobil, harbiy qism va muassasalardagi xizmat telefonlari orqali bog‘lanish imkoniyati mavjud.
Yangiliklar lentasi
0