https://oz.sputniknews.uz/20231010/garb-postsovet-hududi-39812605.html
G‘arb postsovet hududida kengayishga alohida e’tibor qaratmoqda – Lavrov
G‘arb postsovet hududida kengayishga alohida e’tibor qaratmoqda – Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb postsovet hududida kengayishga alohida e’tibor qaratmoqda, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik muhim tamoyillarni hamisha oyoqosti qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi. Vazir maqolasi Rossiya TIV saytida chop qilingan.
2023-10-10T15:17+0500
2023-10-10T15:17+0500
2023-10-10T15:41+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
sergey lavrov
g‘arb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38081979_0:21:3086:1756_1920x0_80_0_0_a9439bb237943f9ac96f3156675fed68.jpg
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. G‘arb postsovet hududida kengayishga alohida e’tibor qaratmoqda, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik muhim tamoyillarni hamisha oyoqosti qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi. Vazir maqolasi Rossiya TIV saytida chop qilingan.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2014-yil fevraldagi Ukrainadagi davlat to‘ntarilishi chog‘ida BMT Nizomining ichki ishlarga aralashmaslik to‘g‘risidagi tamoyili ko‘p marotaba oyoqosti qilingan.Lavrov davlat to‘ntarilishi tarafdorlarining jazolash operatsiyasiga javoban Qrim va Donbass BMT Nizomining 1-moddasi 2-bandida ko‘zda tutilgan teng huquqlilik va xalqlarning o‘zini belgilash tamoyiliga to‘liq muvofiq ravishda referendumlar o‘tkazgan.Uning ta’kidlashicha, YeI va NATO bu yillar davomida Minsk kelishuvlarini bajarmaslikni bevosita qo‘llab-quvvatlagan va Kiyev rejimini “Donbass muammosini” kuch bilan hal qilishga undagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38081979_280:162:2659:1946_1920x0_80_0_0_49cadc294a3420c6a1e2bb3d4dfda337.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘arb postsovet hududi hamkorlik kengayish sergey lavrov
g‘arb postsovet hududi hamkorlik kengayish sergey lavrov
G‘arb postsovet hududida kengayishga alohida e’tibor qaratmoqda – Lavrov
15:17 10.10.2023 (yangilandi: 15:41 10.10.2023) Rossiya TIV G‘arb boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik muhim tamoyillarni hamisha oyoqosti qilayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. G‘arb postsovet hududida kengayishga alohida e’tibor qaratmoqda, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik muhim tamoyillarni hamisha oyoqosti qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi. Vazir maqolasi Rossiya TIV saytida
chop qilingan. “Kollektiv G‘arb boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik muhim tamoyillarni ham hamisha oyoqosti qilmoqda. Misollar talay – Markaziy Amerika, Yugoslaviyadan Iroq va Liviyagacha. Hozir postsovet hududida kengayishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hammaga ma’lumki, SSSR parchalangandan boshlab AQSh ochiqchasiga Ukrainani o‘z izmiga olishga niyat qilgan. AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Viktoriya Nuland 2013-yil oxirida oshkora va hatto faxr bilan tan oldiki, Vashington Kiyevdagi itoatkor siyosatchilarni tarbiyalash o‘stirish uchun 5 milliard dollar sarflagan”, - deya yozgan Lavrov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 2014-yil fevraldagi Ukrainadagi davlat to‘ntarilishi chog‘ida BMT Nizomining ichki ishlarga aralashmaslik to‘g‘risidagi tamoyili ko‘p marotaba oyoqosti qilingan.
Lavrov davlat to‘ntarilishi tarafdorlarining jazolash operatsiyasiga javoban Qrim va Donbass BMT Nizomining 1-moddasi 2-bandida ko‘zda tutilgan teng huquqlilik va xalqlarning o‘zini belgilash tamoyiliga to‘liq muvofiq ravishda referendumlar o‘tkazgan.
Uning ta’kidlashicha, YeI va NATO bu yillar davomida Minsk kelishuvlarini bajarmaslikni bevosita qo‘llab-quvvatlagan va Kiyev rejimini “Donbass muammosini” kuch bilan hal qilishga undagan.