Futzal: O‘zbekiston Tailandda o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

© UFAO‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi.
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Tailandda o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani muddatidan avval qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 2024-yil Tailand mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga yo‘llanmani muddatidan avval qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Saralash bosqichida 32 jamoa har biri 4 ta jamoadan iborat 8 guruhga bo‘lingan va o‘z guruhida 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar qit’a birinchiligiga yo‘llanma oladi.
Shu tariqa 2-turdan so‘ng “G” guruhida 6 ochkodan jamg‘argan O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari muddatidan avval Osiyo kubogi ishtirokchisiga aylandi.
O‘zbekiston va Iroq o‘rtasidagi so‘nggi tur o‘yini guruh g‘olibini aniqlab beradi.
Yangiliklar lentasi
0