AQShni Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli yadroviy urush kutmoqda — jurnalist

© AP Photo / Richard DrewVedushiy telekanala Fox News Taker Karlson. Arxivnoe foto
Vedushiy telekanala Fox News Taker Karlson. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Amerikalik jurnalist Taker Karlson: Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaro Eron va uning ittifoqchilari va G‘arb o‘rtasidagi urushga aylanib ketishi mumkin.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Yaqin Sharqdagi mojaro AQSh hukumatining bankrot bo‘lishiga va Eron bilan yadro urushiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Amerikalik jurnalist Taker Karlson X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaro Eron va uning ittifoqchilari va G‘arb o‘rtasidagi urushga aylanib ketishi mumkin. Agar shunday urush boshlansa, yadro qurolidan foydalanishni va undan keyingi barcha narsalarni osongina tasavvur qilish mumkin: millionlab o‘liklar, jahon iqtisodiyotining qulashi. Hech bo‘lmaganda, biz bu yerda misli ko‘rilmagan energetika inqirozini ko‘ramiz (AQShda - tahr.), — dedi jurnalist.

Karlsonning eslatishicha, mojaro allaqachon energiya narxining oshishiga sabab bo‘lgan va bu tendensiya davom etsa, Qo‘shma Shtatlar o‘tgan asrning 1930-yillarida mavjud bo‘lganidan ancha jiddiy depressiyaga duch keladi.

“So‘nggi uch yil ichida bu yerga (AQShga - tahr.) dunyoning eng qashshoq davlatlaridan 10 millionga yaqin odam kelgan. Ularning aksariyati davlat yordami hisobidan kun kechiradi. Tasavvur qilishingiz mumkinki, AQSh hukumati pul yo‘qotsa, bu qanday yakunlanadi”, — deya ogohlantirdi jurnalist.

Karlson, shuningdek, avvalroq Eronga tahdid qilgan amerikalik senator Lindsi Gremni tanqid qilib, mojaroga aralashuvi uchun “qo‘rqinchli oqibatlarga olib kelishini” va’da qildi.
Jurnalist AQSh haqiqatan ham Eronga zarba bera boshlasa nima bo‘lishidan hayratda.

“Lindsi Grem nima bo‘lishi haqida tasavvurga ega emas. U bu haqda o‘ylamadi. U qariyb 70 yoshda, farzandi yo‘q. Uni bu tashvishlantirmaydi”, — deya ta’kidladi jurnalist.

Yangiliklar lentasi
0